Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Fevral 2023

2-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

7 607 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 7,1 mlrd so‘mlik 252 ta mulk 8,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki:

  • soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 480,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 528,2 mlrd so‘m
  • "Mikrokreditbank" ATB G’allaorol filialiga qarashli narxi 467,3 mln so‘m bo‘lgan noturar bino 513,9 mln so‘mga sotildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 139 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 12,9 ga
  • Yangi hayot tumanidan narxi 410,1 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 9 sotix yer uchastkasi 451,1 mln so‘mga sotildi.
  • Yangi hayot tumanidan narxi 409,7 mln so‘mlik sog'lomlashtirish tipidagi hammomlar qurish uchun 9 sotix yer uchastkasi 450,6 mln so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidan narxi 229,9 mln so‘m bo‘lgan parrandachilik kompleksi qurish uchun 1 gektar yer uchastkasi 252,9 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 61 ta
  • boshlang‘ich narxi 20,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 59,3 mln so‘m
  • Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 0,1 mln so'mlik ko'chma savdo joyi 4,5 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 555 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 10,2 trln so‘m bo‘lgan 184 308 ta lot savdoga qo‘yilgan.

676 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech