Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Mart 2023

2-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 227 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 10,8 mlrd so‘mlik 7 441 ta lot 16,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 5 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
  • Samarqand shahrida joylashgan “Maroqand neft bazasi” MChJga qarashli narxi 2,1 mlrd so‘mlik neft mahsulotlarini saqlash va tarqatish bazasi 2,2 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 47 ta
  • Boshlang‘ich narxi 619,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,03 mlrd so‘m
  • Xiva shahridan yillik ijara stavkasi 285,5 mln so‘m bo`lgan texnikumning boʻsh turgan xonalari, sport va faollar zali binolari inventarlari bilan 314 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 66 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 11,4 ga
  • Samarqand viloyati, Urgut tumanidan boshlang`ich narxi 7 mln so'm bo'lgan oshxona, kafe va savdo uylari qurish uchun 6 sotix yer uchastkasi 415,7 mln so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati, Bekobod shahridan narxi 247,9 mln so‘mlik sun'iy qoplamali stadionlar va yordamchi xo’jalik binolari qurish uchun 15 sotix yer uchastkasi 272,7 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 114 ta
  • Boshlang‘ich narxi 38,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 758,1 mln so‘m
  • Navoiy shahridan boshlang`ich narxi 0,2 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 25,9 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 18 745 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, boshlang‘ich narxi 9,7 trln so‘m bo‘lgan 192 161 ta lot savdoga qo‘yilgan.

504 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech