Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Fevral 2024

22-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

899 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 31,5 mlrd so'm bo'lgan 314 ta lot 54,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 11 ta
  • boshlang'ich narxi 11 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,8 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,5 mlrd so‘m bo‘lgan "Dori-darmon" AJ balansidagi dorixona bino-inshootlari 3,7 mlrd so'mga sotildi.
 
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan "Qashqadaryo viloyat Agrokimyohimoya" AJ balansidagi mineral o‘g‘it saqlash va tarqatish shoxobchasi 2,6 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 60 ta
  • boshlang'ich narxi 534 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 68,2 mln so‘m bo‘lgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi balansidagi maktab-internatining binolari 354,4 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 41 ta
  • boshlang'ich narxi 1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,7 ga
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidan boshlang'ich narxi 46,7 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 219,6 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,6 mlrd so‘m
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 32 ta
  • boshlang'ich narxi 8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 66 mln so‘m
Farg'ona viloyati Dang'ara tumanidan boshlang'ich narxi 0,7 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 36,6 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 920 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 106 535 ta lot savdoga qo'yilgan.
767 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech