Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Fevral 2023

23-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

     3 516 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 125,1 mlrd so‘mlik 6 296 ta lot 134,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

     Davlat aktivlari:

  • Soni 9 ta
  • Boshlang‘ich narxi 120,1 mlrd so‘m
  • Stilgan narxi 126,2 mlrd so‘m

     Xorazm viloyati, Xazorasp tumanida joylashgan, “Asaka bank” AJ balansidagi boshlang’ich narxi 103 mlrd so‘m bo‘lgan Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish fabrikasi bino-inshootlari hamda asbob-uskunalari mulkiy majmuasi 108,1 mlrd so‘mga sotildi.

      Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 35 ta
  • Boshlang‘ich narxi 235,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd mln so‘m

    Urganch shahridan yillik ijara stavkasi 3,9 mln so‘mlik umumiy o’rta ta’lim maktabining bo’sh turgan xonasi 177,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

    Yer uchastkalari:
  • Soni 109 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 7,7 ga

      Nurafshon shahridan boshlang’ich narxi 12,9 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari uchun 1 sotix yer uchastkasi 111,2 mln so‘mga sotildi.
      Bekobod shahridan boshlang’ich narxi 54,9 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 60,4 mln so‘mga sotildi.
     Buxoro viloyati, Romitan tumanidan boshlang’ich narxi 79,3 mln so‘mlik sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikro markazlarini tashkil qilish uchun 5 sotix yer uchastkasi 87,2 mln so‘mga sotildi.

       Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 37 ta
  • Boshlang‘ich narxi 7,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 290,5 mln so‘m

        Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidan narxi 0,05 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 14,4 mln so‘mga sotildi.

       O‘tkazilgan savdolarda 18 554 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

        Hozirda, boshlang‘ich narxi 9,4 trln so‘m bo‘lgan 171 651 ta lot savdoga qo‘yilgan.

609 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech