Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Fevral 2024

23-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1099 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 24,1 mlrd so'm bo'lgan 260 ta lot 51,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 4 ta
  • boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 413,8 mln so‘m bo‘lgan "Uzavtovokzal servis" MChJ balansidagi Chirchiq avtoshoxbekati ma'muriy bino-inshootlari 827,5 mln so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 17 ta
  • boshlang'ich narxi 171 mln so‘m
  • sotilgan narxi 295 mln so‘m
Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,3 mln so‘m bo‘lgan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi balansidagi bo'sh turgan xona 43,4 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 65 ta
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 5 ga
Buxoro viloyati Kogon shahridan boshlang'ich narxi 73,8 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 3,5 sotix yеr uchastkasi 1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 48 ta
  • boshlang'ich narxi 6,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan boshlang'ich narxi 80 mln so'm bo'lgan savdo do'koni 148 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 43 ta
  • boshlang'ich narxi 17 mln so‘m
  • sotilgan narxi 64 mln so‘m
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 0,5 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 4,6 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 958 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,4 trln so'm bo'lgan 107 679 ta lot savdoga qo'yilgan.
580 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech