Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Iyun 2024

26-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

631 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 14,5 mlrd so'm bo'lgan 204 ta lot 23,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 249 mln so‘m
  • sotilgan narxi 395 mln so‘m
Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 33 mln so‘m bo‘lgan kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi balansidagi inshoot qismi 36,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 78 ta
  • boshlang'ich narxi 2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,3 ga
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang‘ich narxi 259,8 mln so‘m bo‘lgan ombor binolari qurish uchun 1 gektar yеr uchastkasi 493,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 83 ta
  • boshlang'ich narx 7,7 mlrd so'm
  • sotilgan narx 11,8 mlrd so'm
  • yer maydoni 1 348 ga
O'tkazilgan savdolarda 445 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,3 trln so'm bo'lgan 147 736 ta lot savdoga qo'yilgan.
707 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech