Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Yanvar 2023

26-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 441 ta mulk savdoga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 18,2 mlrd so‘mlik 1 971 ta mulk 26 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki:

  • Soni 19 ta
  • Boshlang‘ich narxi 7,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 9,3 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan bo'sh turgan sanatoriya bino va inshootlar 1,9 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 12 ta
  • Boshlang‘ich narxi 260,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 678,7 mln so‘m
  • Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi yillik ijara stavkasi 181,4 mln so‘m bo‘lgan tuman agrotexnologiyalar texnikumining bo’sh turgan binolari 199,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 208 ta
  • Boshlang‘ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 8,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 9,1 ga
  • Urgut tumanidagi narxi 6,9 mln so‘mlik ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 5,3 sotix yer uchastkasi 166,4 mln so‘mga sotildi.
  • Chirchiq shahridagi narxi 122,3 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 171,2 mln so‘mga sotildi.
  • Toshkent shahar, Yangi hayot tumanidan narxi 949 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 21 sotix yer uchastkasi 1,04 mlrd so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 77 ta
  • Boshlang‘ich narxi 20,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 846,7 mln so‘m
  • Marg'ilon shahridagi narxi 0,4 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 122,4 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 4 123 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, boshlang‘ich narxi 9,8 trln so‘m bo‘lgan 139 407 ta lot savdoga qo‘yilgan.

2141 Chop etish