Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Mart 2024

27-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

554 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 3,5 mlrd so'm bo'lgan 156 ta lot 10,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 2 ta
  • boshlang'ich narxi 652 mln so‘m
  • sotilgan narxi 829 mln so‘m
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 34 ta
  • boshlang'ich narxi 746 mln so‘m
  • sotilgan narxi 899 mln so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 1 mln so‘m bo‘lgan Navoiy shahar ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashgan maktab balansidagi bo‘sh turgan xona 44,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 28 ta
  • boshlang'ich narxi 419 mln so‘m
  • sotilgan narxi 624 mln so‘m
  • yer maydoni 3,5 ga
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidan boshlang'ich narxi 18,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 20 sotix yеr uchastkasi 159,1 mln so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidan boshlang'ich narxi 34,9 mln so'm bo'lgan kichik sanoat zonalaridan qurilish sanoati korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 59,4 mln so'mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 71 ta
  • boshlang'ich narxi 15 mln so‘m
  • sotilgan narxi 112 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 341 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,8 trln so'm bo'lgan 125 562 ta lot savdoga qo'yilgan.
820 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech