Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Yanvar 2023

27-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

6 000 ta mulk savdoga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 25,4 mlrd so‘mlik 1 324 ta mulk 35,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat mulki:

  • Soni 9 ta
  • Boshlang‘ich narxi 19,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 24,5 mlrd so‘m
  • Namangan shahridagi narxi 8,4 mlrd so‘mlik “Asakabank” AJga qarashli ma’muriy bino-inshootlar va asbob-uskunalar to’plami 13,5 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 33 ta
  • Boshlang‘ich narxi 160,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 817,9 mln so‘m
  • Nukus shahridagi yillik ijara stavkasi 13,3 mln so‘m bo‘lgan Qoraqalpog'iston Tibbiyot institutining bo'sh turgan oshxonasi 51,4 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 109 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,03 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,5 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 5,3 ga
  • Urgut tumanidagi narxi 8,6 mln so‘mlik issiqxonalar qurish uchun 12,3 sotix yer uchastkasi 413,1 mln so‘mga sotildi.
  • Shahrisabz tumanidagi narxi 14,2 mln so‘mlik ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 4,8 sotix yer uchastkasi 850,6 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 37 ta
  • Boshlang‘ich narxi 8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 286,1 mln so‘m
  • Navoiy shahridagi narxi 0,2 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 4,8 mln so'mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 2 745 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 8,9 trln so‘m bo‘lgan 143 195 ta lot savdoga qo‘yilgan.

1991 Chop etish