550 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so'm bo'lgan 320 ta lot 2,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulki ijarasi:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 8,7 mln so‘m
- sotilgan narxi 33,8 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati Qarshi joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 5,9 mln so‘m bo‘lgan umumiy o'rta ta’lim maktabi balansidagi binoning bir qismi 30,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 255 ta
- boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
- yer maydoni 11,9 ga
Samarqand viloyati Urgut tumanidan boshlang'ich narxi 203,1 mln so‘m bo‘lgan ko‘p funksiyali jamoat majmualari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 243,7 mln so‘mga sotildi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan boshlang'ich narxi 145 mln so‘m bo‘lgan avtoturargoh qurish uchun 0,54 gektar yеr uchastkasi 188,5 mln so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati Vobkent tumanidan boshlang'ich narxi 52,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 57,5 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 37 ta
- boshlang'ich narx 582 mln so'm
- sotilgan narx 678 mln so'm
- yer maydoni 142,7 ga
Ko'chma savdo joylari:
- soni 23 ta
- boshlang'ich narxi 8 mln so‘m
- sotilgan narxi 56 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 719 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,7 trln so'm bo'lgan 146 375 ta lot savdoga qo'yilgan.