Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Mart 2023

28-fevral sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

4 862 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 11,4 mlrd so‘mlik 4 990 ta lot 18,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 11 ta
  • boshlang‘ich narxi 8,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,1 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanidan narxi 6,3 mlrd so‘mlik "Moliyachi" dam olish oromgohi 2-LOT binosi 6,6 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 19 ta
  • boshlang‘ich narxi 61,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m
  • Toshkent shahridan "RWC" MCHJ qo'shma korxonasiga qarashli yillik ijara stavkasi 1,7 mln so‘mlik ofis binosi 82 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 72 ta
  • boshlang‘ich narxi 959,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,9 ga
  • Samarqand viloyati, Urgut tumanidan narxi 8,5 mln so‘mlik sport sog’lomlashtirish markazi qurish uchun 11 sotix yer uchastkasi 303,4 mln so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidan narxi 16,8 mln so‘mlik do’konlar, maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 491,5 mln so‘mga sotildi.
  • Sirdaryo tumanidan narxi 6,6 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari uchun 2,6 sotix yer uchastkasi 368,5 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 67 ta
  • boshlang‘ich narxi 14,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 250 mln so‘m
  • Nukus shahridan narxi 0,5 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 11,2 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 10 235 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, boshlang‘ich narxi 8,2 trln so‘m bo‘lgan 163 825 ta lot savdoga qo‘yilgan.

447 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech