Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Iyul 2023

28-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

365 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 22,5 mlrd so'm bo'lgan 265 ta lot 30,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 14 ta
  • Boshlang‘ich narxi 16 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 21,1 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 10,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Farg‘ona agroservis mashina-traktor parki” MCHJ balansidagi ma‘muriy bino-inshootlar 11,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 4 ta
  • Boshlang‘ich narxi 31,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 146,4 mln so‘m
Xorazm viloyati Xonqa tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 20,4 mln so‘m bo‘lgan kasb-hunar maktabi balansidagi boʻsh turgan yotoqxona binosi 22,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 43 ta
  • Boshlang'ich narxi 832,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 4,8 ga
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidan boshlang'ich narxi 280,4 mln so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar, dehqon va kiyim kechak bozorlari qurish uchun 3,25 gektar yеr uchastkasi 981,4 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidan boshlang'ich narxi 34,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 318 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 115 ta
  • Boshlang'ich narxi 19,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 155,4 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 53 ta
  • Yer maydoni 20,7 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 754,2 mln so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 951 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 130 419 ta lot savdoga qo'yilgan.
389 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech