Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Mart 2023

29-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 071 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 2,6 mlrd so‘mlik 1 581 ta lot 2,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

- soni 2 ta
- boshlang‘ich narxi 2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m

Buxoro viloyati, Romitan tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘mlik "Mikrokreditbank" ATB balansidagi pishiq g'isht ishlab chiqarish zavodi bino-inshootlari 2 mlrd so‘mga sotildi.

Yer uchastkalari:

- soni 36 ta
- boshlang‘ich narxi 453 mln so‘m
- sotilgan narxi 553 mln so‘m
- yer maydoni 1,9 ga

Toshkent shahri, Bektemir tumanidan boshlang'ich narxi 118,1 mln so‘mlik yoshlar sanoat zonasidagi qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 2,5 sotix yer uchastkasi 130 mln so‘mga sotildi.
Navoiy viloyati, Zarafshon shahridan boshlang'ich narxi 10,3 mln so‘mlik elektrotexnika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 5 sotix yer uchastkasi 20,6 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

- soni 99 ta
- boshlang‘ich narxi 19,8 mln so‘m
- sotilgan narxi 30,3 mln so‘m

Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidan boshlang'ich narxi 0,4 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 2,8 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 3 615 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 9,4 trln so‘m bo‘lgan 134 132 ta lot savdoga qo‘yilgan.

483 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech