Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 May 2024

3-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

310 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 14,4 mlrd so'm bo'lgan 3 378 ta lot 25,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 5 ta
  • boshlang'ich narxi 333 mln so‘m
  • sotilgan narxi 379 mln so‘m
Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 43,9 mln so‘m bo‘lgan "O'ZBEKTELEKOM" AJ balansidagi QATS binosi 61,5 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 11 ta
  • boshlang'ich narxi 200 mln so‘m
  • sotilgan narxi 200 mln so‘m
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 4,7 mln so‘m bo‘lgan 1-son kasb-hunar maktabi balansidagi oshxona 5,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 29 ta
  • boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,5 ga
Buxoro viloyati Romitan tumanidan boshlang'ich narxi 49,7 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 611,1 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Qibray tumanidan boshlang'ich narxi 131,8 mln so‘m bo‘lgan o‘yin maydonlari va stadionlar qurish uchun 13 sotix yеr uchastkasi 870,1 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 3 266 ta
  • boshlang'ich narxi 8,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 13,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1 277,7 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 8 ta
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,6 mlrd so‘m
Toshkent shahri Yangi hayot tumanidan boshlang'ich narxi 325 mln so‘m bo'lgan turar joy hovli 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 4 019 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,4 trln so'm bo'lgan 195 150 ta lot savdoga qo'yilgan.
741 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech