Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Aprel 2023

4-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

359 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 390,8 mlrd so‘mlik 375 ta lot 415 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 11 ta
  • Boshlang‘ich narxi 386,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 406 mlrd so‘m

Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan, boshlang‘ich narxi 2,9 mlrd so‘m bo’lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi Intensiv bog' mulkiy majmuasi 3,1 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 195 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,5 mlrd so‘m

Toshkent shahri, Yunusobod tumanidan yillik ijara stavkasi 918,4 mln so‘mlik O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni balansidagi bino qismi 964,3 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 81 ta
  • Boshlang‘ich narxi 739,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 7 ga

Samarqand viloyati, Urgut tumanidan boshlang'ich narxi 5,8 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yer uchastkasi 99,6 mln so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumanidan boshlang'ich narxi 1,5 mln so‘mlik yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 66,2 mln so‘mga sotildi.
Farg’ona viloyati, Farg’ona shahridan boshlang'ich narxi 40,8 mln so‘mlik ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 44,9 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 42 ta
  • Boshlang‘ich narxi 10,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 445,9 mln so‘m 

Farg'ona viloyati, Marg'ilon shahridan boshlang'ich narxi 0,2 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 44,3 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 1 132 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

 Hozirda, narxi 8,05 trln so‘m bo‘lgan 91 230 ta lot savdoga qo‘yilgan.

549 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech