Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Iyul 2024

4-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

312 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 18,5 mlrd so'm bo'lgan 297 ta lot 59,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 21 ta
  • boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 24 mlrd so‘m
Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 741,2 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi ikki qavatli turar joy 1,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
Shahrisabz shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 877 mln so‘m bo‘lgan “Mikrokreditbank” ATB Shahrisabz filiali balansidagi qurilishi tugallanmagan bino-inshootlari 1,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 158 mln so‘m
  • sotilgan narxi 425 mln so‘m
G‘ijduvon tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 4,3 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansidagi oshxona 71,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 39 ta
  • boshlang'ich narxi 2,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,6 ga
Dehqonobod tumanidan boshlang‘ich narxi 7,8 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 104,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 17 ta
  • boshlang'ich narx 307 mln so'm
  • sotilgan narx 2,4 mlrd so'm
  • yer maydoni 14,3 ga
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 100 ta
  • boshlang'ich narxi 30 mln so‘m
  • sotilgan narxi 247 mln so‘m 
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 2,4 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 981 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,4 trln so'm bo'lgan 146 681 ta lot savdoga qo'yilgan.
537 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech