Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Aprel 2023

5-aprel sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

347 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘mlik 150 ta lot 2,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 43 ta
  • Boshlang‘ich narxi 282,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m

Samarqand viloyati, Samarqand shahridan yillik ijara stavkasi 1,7 mln so‘mlik Samarqand iqtisodiyot va servis instituti balansidagi bo‘sh turgan xonasi 182,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent shahar, Yunusobod tumanidan yillik ijara stavkasi 25,7 mln so‘mlik “Xalqaro Hamkorlik MarkaziAJ balansidagi ofis xonasi 28,3 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 51 ta
  • Boshlang‘ich narxi 876,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 974,6 mln so‘m
  • Yer maydoni 1,3 ga

Toshkent shahar, Bektemir tumanidan boshlang'ich narxi 140,1 mln so‘mlik oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yer uchastkasi 154,1 mln so‘mga sotildi.
Toshkent shahar, Bektemir tumanidan boshlang'ich narxi 94,2 mln so‘mlik oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 113 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati, Piskent tumanidan boshlang'ich narxi 33,8 mln so‘mlik oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yer uchastkasi 37,2 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 46 ta
  • Boshlang‘ich narxi 13,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 21,1 mln so‘m

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumanidan boshlang'ich narxi 0,1 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 2,6 mln so‘mga sotildi.

O‘tkazilgan savdolarda 369 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 8,7 trln so‘m bo‘lgan 91 852 ta lot savdoga qo‘yilgan.

544 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech