Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Dekabr 2023

5-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

164 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 14,8 mlrd so'm bo'lgan 114 ta lot 21,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 9 ta
  • boshlang‘ich narxi 11,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,6 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 9,7 mlrd so‘m bo‘lgan “Samarqand viloyati Agrokimyohimoya” AJ balansidagi markaziy mineral o‘g‘it tarqatish ombori 10,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 34 ta
  • boshlang‘ich narxi 829 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 378,4 mln so‘m bo‘lgan Toshkent davlat agrar universiteti balansidagi bo‘sh turgan issiqxona 416,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 381,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 420,1 mln so‘m
  • yer maydoni 2,2 ga
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidan boshlang'ich narxi 60,2 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi issiqxonalar qurish uchun 27 sotix yеr uchastkasi 66,2 mln so‘mga sotildi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan boshlang'ich narxi 38,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 42,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 37 ta
  • boshlang'ich narxi 9,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 670,4 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 5 ta
  • yer 128,6 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,4 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 255 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,7 trln so'm bo'lgan 114 714 ta lot savdoga qo'yilgan.
908 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech