Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Mart 2024

5-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 056 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so'm bo'lgan 111 ta lot 2,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 63 ta
  • boshlang'ich narxi 995 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 73,6 mln so‘m bo‘lgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali balansidagi oshxona 368,2 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 197 mln so‘m
  • sotilgan narxi 218 mln so‘m
  • yer maydoni 1 ga
Buxoro viloyati Qorako'l tumanidan boshlang'ich narxi 24,1 mln so‘m bo‘lgan qurilish materiallarini ishlab chiqarish zavodini qurish uchun 20 sotix yеr uchastkasi 26,5 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 21 ta
  • boshlang'ich narxi 8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 399 mln so‘m
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanidan boshlang'ich narxi 0,8 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 11,2 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 260 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,4 trln so'm bo'lgan 126 128 ta lot savdoga qo'yilgan.
795 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech