446 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 51,9 mlrd so'm bo'lgan 677 ta lot 209,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 37 ta
- boshlang'ich narxi 11,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 15 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 959,8 mln so‘m bo‘lgan "Rabot non invest" MChJ ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 2 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 28 ta
- boshlang'ich narxi 437 mln so‘m
- sotilgan narxi 615 mln so‘m
Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 7,7 mln so‘m bo‘lgan Tuman tibbiyot birlashmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 92,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 175 ta
- boshlang'ich narxi 25,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 175 mlrd so‘m
- yer maydoni 20,2 ga
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidan boshlang'ich narxi 43,5 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 200,2 mln so‘mga sotildi.
Navoiy viloyati Konimex tumanidan boshlang'ich narxi 15 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1,6 sotix yеr uchastkasi 102,2 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 275 ta
- boshlang'ich narx 619 mln so'm
- sotilgan narx 1,8 mlrd so'm
- yer maydoni 158 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 74 ta
- boshlang'ich narxi 11,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 14 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Termiz shahridan boshlang'ich narxi 800 mln so‘m bo'lgan yerto‘la savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 2 027 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,1 trln so'm bo'lgan 150 899 ta lot savdoga qo'yilgan.