Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 May 2024

6-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

342 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 89,4 mlrd so'm bo'lgan 3 925 ta lot 146,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 47 ta
  • boshlang'ich narxi 42,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 48,8 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 504,3 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino 554,7 mln so‘mga sotildi.
 
Toshkent viloyati Yangiyo'l shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 10,9 mlrd so‘m bo‘lgan “Yangiyoʻlqurilish” MChJdagi 100 foiz davlat ulushi 11,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 307 mln so‘m
  • sotilgan narxi 532 mln so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 40,3 mln so‘m bo‘lgan “Buxoro xalqaro aeroporti” MChJ balansidagi terminalning bo‘sh maydoni 68,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 157 ta
  • boshlang'ich narxi 4,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 10,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 15,2 ga
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 46,2 mln so‘m bo‘lgan qandolatchilik zavodi qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 508 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 3 440 ta
  • boshlang'ich narxi 15,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 28,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1 586,9 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 76 ta
  • boshlang'ich narxi 20,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 34,2 mlrd so‘m
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidan boshlang'ich narxi 6,8 mlrd so‘m bo'lgan savdo va maishiy xizmat xonalari 16,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 5 461 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,5 trln so'm bo'lgan 188 277 ta lot savdoga qo'yilgan.
671 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech