Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Fevral 2024

7-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

311 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 3,8 mlrd so'm bo'lgan 155 ta lot 14,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 18 ta
  • boshlang'ich narxi 185,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 390,5 mln so‘m
Xorazm viloyati Xiva shahridan boshlang'ich narxi 9,6 mln so‘m bo‘lgan 2-son ixtisoslashtirilgan maktab balansidagi oshxona 121 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 69 ta
  • boshlang'ich narxi 846,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 947 mln so‘m
  • yer maydoni 4,8 ga
Toshkent viloyati Bekobod shahridan boshlang'ich narxi 103 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5,4 sotix yеr uchastkasi 113,3 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 57 ta
  • boshlang'ich narxi 6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 26,1 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidan boshlang'ich narxi 1,5 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 20,9 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 10 ta
  • yer 91,97 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,7 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 10,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 329 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 111 462 ta lot savdoga qo'yilgan.
529 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech