Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Mart 2023

7-mart sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

   1 346 ta lot auksion savdosi va ochiq tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘mlik 2 700 ta lot 2,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

    Davlat aktivlari:

  • Soni 1 ta
  • Boshlang‘ich narxi 187 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 528,7 mln so‘m

   Toshkent viloyati, Angren shahri, Yangiobod MFYda joylashgan, shahar hokimligi balansidagi boshlang‘ich narxi 187 mln so‘m bo’lgan yarim yerto‘la binosi 528,7 mln so‘mga sotildi.

    Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 6 ta
  • Boshlang‘ich narxi 23,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 401,9 mln so‘m

   Nukus shahridan yillik ijara stavkasi 10 mln so‘mlik Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrining bo’sh turgan oshxonasi 141,4 mln so‘mga ijaraga berildi.

    Yer uchastkalari:

  • Soni 64 ta
  • Boshlang‘ich narxi 510 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 3,4 ga

     Surxondaryo viloyati, Termiz shahridan boshlang’ich narxi 5,3 mln so‘m bo’lgan oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 0,3 sotix yer uchastkasi 155 mln so‘mga sotildi.
     Samarqand viloyati, Urgut tumanidan narxi 5,8 mln so‘mlik oshxona, kafelar, savdo uylari qurish uchun 1 sotix yer uchastkasi 100,1 mln so‘mga sotildi.

     Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 46 ta
  • Boshlang‘ich narxi 10 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 20,7 mln so‘m

    Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanidan narxi 1,9 mln so‘mlik ko'chma savdo joyi 11,6 mln so‘mga sotildi.

    O‘tkazilgan savdolarda 4 923 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

    Hozirda, narxi 10,3 trln so‘m bo‘lgan 157 393 ta lot savdoga qo‘yilgan.
360 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech