465 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 37,5 mlrd so'm bo'lgan 365 ta lot 51,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 218 mln so‘m
- sotilgan narxi 240 mln so‘m
- Qoraqalpog‘ston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 112,2 mln so‘m bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani hokimligi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar 123,4 mln so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 11 ta
- boshlang'ich narxi 245,4 mln so‘m
- sotilgan narxi 505,3 mln so‘m
- Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 133,5 mln so‘m bo‘lgan Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi balansidagi texnik yer maydoni 160,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 161 ta
- boshlang'ich narxi 11,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 19,3 mlrd so‘m
- yer maydoni 8 ga
- Toshkent shahar Yunusobod tumanidan boshlang‘ich narxi 8,9 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 17 sotix yеr uchastkasi 16,1 mlrd so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
- soni 42 ta
- boshlang'ich narxi 19 mln so‘m
- sotilgan narxi 108 mln so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 133 ta
- boshlang'ich narxi 24,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 30,2 mlrd so‘m
- Navoiy viloyati Navoiy shahridan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo'lgan milliy taomlar choyxonasi binosi 3,7 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 472 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,3 trln so'm bo'lgan 146 276 ta lot savdoga qo'yilgan.