Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Sentyabr 2023

8-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

363 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 98,5 mlrd so'm bo'lgan 145 ta lot 105,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 7 ta
  • boshlang‘ich narxi 95,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 101,7 mlrd so‘m
  • Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 377,2 mln so‘m bo‘lgan “Farg‘ona neft bazasi” MChJ balansidagi bo‘sh turgan bino ("Jo‘rak" FYTSh)  942,9 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 7 ta
  • boshlang‘ich narxi 95,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 98,9 mln so‘m
  • Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 14,6 mln so‘m bo‘lgan tuman tibbiyot birlashmasi 1-son oilaviy poliklinikasi balansidagi bino qismi 16 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 49 ta
  • boshlang'ich narxi 0,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,94 ga
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida boshlang'ich narxi 212,1 mln so‘m bo‘lgan sport-sog‘lomlashtirish markazlari qurish uchun 86 sotix yеr uchastkasi 381,7 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 39 ta
  • boshlang'ich narxi 9,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 125,2 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 14 ta
  • yer 9,56 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 470 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 1 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 511 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 119 225 ta lot savdoga qo'yilgan.

326 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech