Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Avgust 2023

9-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

398 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 711 mln so'm bo'lgan 201 ta lot 1,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 28 ta
  • Boshlang‘ich narxi 307,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
Andijon viloyati Izboskan tumanida boshlang'ich yillik ijara stavkasi 14,1 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston temir yo‘llari AJ Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli balansidagi bo‘sh turgan texnik maydon 212,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 29 ta
  • Boshlang'ich narxi 315,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 348,5 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,7 ga
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridan boshlang'ich narxi 30,4 mln so‘m bo‘lgan issiqxona qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 33,5 mln so‘mga sotildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidan boshlang'ich narxi 11,8 mln so‘m bo‘lgan ombor majmualari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 13 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 44 ta
  • Boshlang'ich narxi 8,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 11 mln so‘m
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan boshlang'ich narxi 0,9 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 1,2 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 98 ta
  • Yer maydoni 448 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,3 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,7 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 565 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,3 trln so'm bo'lgan 129 337 ta lot savdoga qo'yilgan.
359 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech