Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Oktyabr 2023

9-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

1 012 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 38,3 mlrd so'm bo'lgan 835 ta lot 42,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • Soni 13 ta
  • Boshlang‘ich narxi 10,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 13,4 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 244,8 mln so‘m bo‘lgan "Qarshi neft bazasi" MCHJ balansidagi bo‘sh turgan bino-inshoot 1,8 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 97 ta
  • Boshlang‘ich narxi 862 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m

Namangan viloyati Namangan tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 2,2 mln so‘m bo‘lgan tuman tibbiyot birlashmasi balansidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bo‘sh turgan xonasi 50,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 68 ta
  • Boshlang'ich narxi 3,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,5 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 6,9 ga

Andijon viloyati Andijon tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi alyumin batareya ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 3,64 gektar yеr uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 112 ta
  • Boshlang'ich narxi 29,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 907,1 mln so‘m

Surxondaryo viloyati Termiz shahridan boshlang'ich narxi 1,8 mln so‘m bo‘lgan elektromobillarni zaryadlash stansiyasi o'rnatish uchun ko'chma savdo joyi 201,5 mln so‘mga sotildi.

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 481 ta
  • Yer 438,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 10,4 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,02 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 852 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 9,1 trln so'm bo'lgan 113 114 ta lot savdoga qo'yilgan. 

472 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech