Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Yanvar 2023

Agentlik tizimida “Men korrupsiyaga qarshiman” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida dekabr oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingan edi. Ushbu oyda Agentlik tomonidan bir qator tadbirlar amalaga oshirildi.

Shu jumladan, yosh avlod ongida korrupsiya haqida dastlabki tushunchalarni hosil qilish, ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish immunitetini shakllantirish, yoshlarning huquqiy va ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatni korrupsiya illatlaridan xalos qilish maqsadida, Agentlik tizimi xodimlarining farzandlari o‘rtasida “Men korrupsiyaga qarshiman. Korrupsiya ko‘rinishlari va uning salbiy oqibatlari” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

O‘z navbatida, mazkur tanlovda Agentlik tizimi xodimlarining jami 26 nafar farzandlari ishtirok etdi. G‘olib deb topilgan tanlov ishtirokchilari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tanlov natijalari:

1-o‘rin:

Po‘latova Afruza Akobirovna (Buxoro viloyati);

2-o‘rin:

Qurbonov Otabek Anvarovich (Surxondaryo viloyati);

Oltiboyev Muhammadali Izzatillayevich (Andijon viloyati);

3-o‘rin:

To‘lqinov Azizbek Erkin o‘g‘li (Toshkent shahri);

Muhammadjonov Aliakbar Miraliyevich (Buxoro viloyati);

Rustamov Behzodbek Dilshod o‘g‘li (Toshkent shahri).

1952 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech