Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Avgust 2023

“Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJdagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining qat'iy narx takliflarini qabul qilish bosqichi to‘g‘risida qo‘shimcha axborot

Davaktiv agentligining joriy yil 18-iyuldagi “Qizilqum Fosforit Kompleksi” MChJdagi (keyingi o‘rinlarda - Jamiyat) davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi yuzasidan berilgan e'loniga muvofiq quyidagilar ma'lum qilinadi.

Davaktiv agentligi ushbu bosqichda ishtirok etayotgan talabgorlarning majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) tayyorlashga qo‘shimcha muddat lozimligi to‘g‘risidagi murojaatlari hamda xususiylashtirish bo‘yicha xalqaro konsultant “Orion Capital Advisory” kompaniyasining tavsiyasiga asosan Jamiyatdagi davlat ulushini sotib olish bo‘yicha qat'iy narx takliflari yuzasidan majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) taqdim etish muddatini 2023-yilning 29-sentabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini ma'lum qiladi.

Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni qabul qilish muddatining uzaytirilishi barcha talabgorlarga Jamiyatning xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini chuqur o‘rganishga hamda takliflarni tayyorlashga qo‘shimcha imkoniyat yaratishga, shuningdek sotish jarayonlarini yanada raqobat muhitida o‘tkazishga qaratilgan.

Jamiyatning xususiylashtirish jarayonlarining majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichi to‘g‘risidagi avval chop etilgan e'lonning qolgan barcha bandlari o‘zgarishsiz qolmoqda

1317 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech