Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Iyul 2023

“Qizilqum Fosforit Kompleksi” MCHJdagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining qatʼiy narx takliflarini qabul qilish bosqichi toʻgʻrisida axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi) 12-iyun 2023-yilda chop etilgan eʼlonga muvofiq, Qizilqum Fosforit Kompleksi” MCHJ (keyingi oʻrinlarda - "Kompaniya" yoki "Aktiv") ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini  xususiylashtirish (keyingi oʻrinlarda – "Bitim") jarayonining Majburiyatga ega boʻlmagan takliflar (NBO) qabul qilish bosqichi boshlanganligini maʼlum qilgan edi.

Orion Capital Advisory” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Maslahatchi) ushbu Bitim boʻyicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha maslahatchisi sifatida jalb etilgan.

Ushbu bosqichda talabgorlarga dastlabki maʼlumotlar toʻplami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyatini beruvchi virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati yaratildi va belgilangan muddatlarda Maslahatchiga ulardan Majburiyatga ega boʻlmagan takliflar (NBO) kelib tushgan.

Maslahatchi tomonidan talabgorlar takliflari savdo jarayonining ushbu bosqichida belgilangan talablarga muvofiqligi, shu jumladan, ularning moliyaviy koʻrsatkichlari, toʻlovga qobiliyatlilik darajasi oʻrganildi va uning tavsiyasiga asosan 2 nafar talabgorlar savdo jarayonlarining navbatdagi Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichiga oʻtkazildi.

Talabgorlarga Maslahatchi tomonidan ushbu bosqich jarayonlari, shu jumladan Maslahatchi tomonidan tayyorlangan moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik boʻyicha tahliliy hisobotlardan foydalanish imkoniyati yaratilganligi, Kompaniyaga tashrif buyurish va Kompaniyaning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoniyatiga ega ekanliklari toʻgʻrisidagi jarayon xati (Process Letter) yuboriladi.

Maslahatchi tomonidan Aktivni sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO) 2023-yil 31-avgust kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi va “Orion Capital Advisory” kompaniyasi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va takliflar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Aktivni sotib olish boʻyicha Majburiyatga ega boʻlmagan takliflar (NBO) bosqichidan muvaffaqqiyatli oʻtgan talabgorlar bilan kelgusidagi jarayon boʻyicha konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

1635 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech