Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Iyul 2024

“Foton” AJ ustav kapitalidagi 85,58 foiz davlat ulushini xususiylashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davaktiv agentligi “Foton” AJ (keyingi oʻrinlarda - Korxona) ustav kapitalidagi 85,58 foiz davlat ulushini professional konsultantni jalb etgan holda muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan tashkillashtirilgan xususiylashtirish natijalari boʻyicha 151,0 mlrd.soʻm sotib olish toʻlovi bilan “HAVVO GROUP” MChJ (keyingi oʻrinlarda - Xaridor) savdo gʻolibi deb topilganligini maʼlum qiladi.

Ushbu jarayonga “ABRAU CAPITAL” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsultant) xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida jalb etilgan.

Avval xabar berilganidek, raqobat muhiti taʼminlangan savdo jarayoni natijasida, investorlar tomonidan kelib tushgan arizalar (Express of Interest) ularning toʻlovga qobiliyatlilik, xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi hamda Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmaganligi yuzasidan oʻrganilib, mazkur shartlarga muvofiq keladigan talabgorlar xususiylashtirish jarayonining keyingi – Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO)ni taqdim etish bosqichiga oʻtkazilgan.

Ushbu bosqichda talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanib, Konsultant tomonidan tayyorlangan Korxonaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati yuzasidan kompleks tahlil (due diligence) hisobotlari joylangan virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, barcha talabgorlarga Korxonaning boshqaruv organi bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda Korxona bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.

Natijada, “HAVVO GROUP” MChJ eng yuqori narx taklifi bilan savdo gʻolibi deb topildi.

G'olib tomonidan, kelajakda Korxonaning ishlab chiqarish hajmini kpaytirish, mahsulotlar turini va realizatsiyasi geografiyasini yanada kengaytirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, shuningdek korxona faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish va barqaror rivojlantirish taʼminlash rejalashtirilgan.

Taʼkidlash joizki, Xaridorning taklifi konsultant tomonidan hisoblangan Korxonaning indikativ narxlar oraligʻining yuqori qismida joylashgan hamda Korxonaning baholangan qiymatidan yuqori.

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Maʼlumot rnida, 2023-yilda “Foton” AJ tomonidan 14,5 ming dona mahsulotlar ishlab chiqarilgan blib, sof tushumi 36,4 mlrd soʻmni, sof foydasi 1,4 mlrd soʻmni, sof aktivlari 20,1 mlrd soʻmni va majburiyatlari 1,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

1217 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech