Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Sentyabr 2022

“Angren Pipe Plant” MCHJni ustаv kаpitаlidаgi dаvlаt ulushining xususiylаshtirish jаrаyoni boshlаngаnligi to‘g‘risidа e’lon

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – “Davaktiv agentligi” yoki “Sotuvchi”) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Angren Pipe Plant” MCHJ (keyingi oʻrinlarda – “Kompaniya” yoki “Aktiv”) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtrish jarayonining Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlanganligini e'lon qiladi (keyingi o‘rinlarda – “Bitim”).

Portfolio Investments MCHJ kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – мaslahatchi) ushbu Bitim boʻyicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha yetakchi maslahatchisi hisoblanadi.

Kompaniya toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot:

“Angren quvur zavodi” MCHJ O‘zbekistonda turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqaradigan korxona hisoblanadi. Korxonaning loyiha quvvati yiliga 8 000 tonnani tashkil etadi. Asosiy xomashyo sifatida asosiy metallar tarkibi 99,99 foiz boʻlgan katodli mis ishlatiladi.

  • Kompaniya turli xil sanoat tarmoqlari uchun mo'ljallangan, qalinligi va diametri keng (3,0 dan 50 mm gacha) bo'lgan 180 turdagi mis quvurlarni ishlab chiqaradi;
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 90 foizi eksportga, qolgan 10 foizi esa ichki bozorga mo‘ljallangan;
  • 2021 yilda ishlab chiqarish hajmi 6500 tonna;
  • Ustav fondi - 90,9 mlrd.so‘m.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Ishtirokchilardan quyidagi ma’lumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari soʻraladi:

  1. Ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi);
  2. Ishtirokchining ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/ ta’sischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida ma’lumotlar;
  3. Oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha moliyaviy hisoboti (MHXS afzalroq).

Qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi ariza Ishtirokchining xohishiga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.

Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini 2022 yil 20 oktyabr 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishlari lozim azamat.sadikov@piamg.uz,  firdavs.khadjaev@piamg.uz,  munir.yakubov@piamg.uz.

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • davlat ulushini sotib olish uchun toʻlovga qobiliyatliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta’qiqlashi mumkin boʻlgan ma’muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi.
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lishi lozim.  Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib o‘tilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov ob'ekti/(lar) bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib o‘tilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid bo‘lgan har qanday faoliyatga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biron bir sho‘ba korxonasi orqali) jalb etilmagan bo‘lishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari bo‘lmasligi lozim.

 

Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvofaqqiyatli o‘tgan talabgorlarga xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda ularga ushbu bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi xat (Process Letter) yuboriladi.

Shu bilan birga, xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etiladi, so‘ngra ularga xalqaro maslahatchi tomonidan tayyorlangan Kompaniyani sotib olish narxi bo‘yicha indikativ majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan dastlabki ma'lumotlar to‘plami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyati beradigan virtual ma'lumotlar xonasi (VDR) ga kirish imkoniyati beriladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun yuqorida keltirilgan aloqa kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

Diskleymer:

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini o‘zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Ushbu e’lon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo’lgan Davaktiv agentligi, Portfolio Investments va Kompaniyani sotish bilan bog’liq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va Portfolio Investments o‘z xohishiga ko’ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o‘zgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo’yicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Kompaniya va Portfolio Investments tomonidan ko‘zda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potentsial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potentsial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potentsial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

3579 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech