Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʼrinlarda – Davaktiv agentligi) quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari (keyingi oʼrinlarda – davlat aktivi)ning ommaviy savdolari jarayonlari boshlanganligini eʼlon qiladi.
Davlat aktivini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Bunda:
birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat pulining kelib tushganligi, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo'yilgan talabdan kelib chiqib talabgor tomonidan taklif etilgan biznes kontseptsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;
ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan 2022-yil 6-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga ko‘ra) mazkur eʼlonning 1-ilovasi (jismoniy shaxslar) 1 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (imzolangan holda), quyidagi hujjatlarning skaner qilingan shakli (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etiladi:
a) yuridik shaxslar uchun: yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma va uning ustavi nusxalari (talabgor tomonidan tasdiqlangan holda);
hujjatlar topshirilgan sanaga talabgor, uning taʼsischisi va/yoki benefitsiarining to‘liq ro‘yxati (agar to‘lovga taʼsischi va/yoki benefitsiarning mablag‘i jalb etilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, talabgorning ustav kapitalidagi tegishli ulushlarini va miqdorini ko‘rsatgan holda);
davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;
talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etadigan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablagʼlarini “Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi toʼlov hujjati nusxasi.
b) jismoniy shaxslar uchun:
soliq toʼlovchining identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), pasport maʼlumotlari;
davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes kontsepsiyasi loyihasi;
talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etadigan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag‘larini “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.
Davlat tender komissiyasi tomonidan savdoning birinchi bosqich yakunlari boʼyicha qarori qabul qilingan kundan boshlab, 3 ish kuni mobaynida jarayonning birinchi bosqichi natijalari boʼyicha Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali axborot beriladi hamda birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha talabgorlarga rasmiy xabarnoma yuboriladi.
Davaktiv agentligining rasmiy veb saytida savdoning ikkinchi bosqichi boshlanganligi to‘g‘risidagi eʼlon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur eʼlonning 2-ilovasi (jismoniy shaxslar 2a-ilovasi)dagi ariza namunasi toʼldirilib (tasdiqlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar taqdim etiladi.
Takliflar quyida talab etiladigan hujjatlarning skaner qilingan varianti (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali yuboriladi:
davlat aktivini sotib olishga talabgorning narx taklifi;
davlat aktivini sotib olish to'lovlarini amalga oshirishning muddatlari bo'yicha taklif;
talabgorning oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasi (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga).
Bunda, talabgor tomonidan oʼz moliyaviy hisobotlari boʼyicha toʼlov qobiliyati yetarli boʼlmasa, taʼsischisi yoki benefitsiarining oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasini (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga) taqdim etishi mumkin. Bunday hollarda taʼsischi yoki benefitsiarning talabgor manfaati uchun to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiq xati ilova qilinishi shart;
talabgorning to'lov qobiliyatining yetarliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (depozit sertifikati, bank kafolati). Bu hujjatlar talabgor tomonidan o‘zining moliyaviy hisobotlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lmagan hollarda taqdim etiladi.
Аlohida shartlar:
talabgorlar tomonidan bir yoki bir nechta davlat aktivi bo‘yicha takliflar taqdim etilishi mumkin. Bunda, har bir davlat aktivi bo‘yicha takliflar alohida beriladi;
kamida besh yil davomida don korxonalarining asosiy faoliyat turi saqlab qolinadi va mavjud don saqlash sig‘imlari kamaytirilmaydi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʼlash evaziga saqlab beriladi;
davlat aktivi boʼlib-bo‘lib toʼlash sharti bilan sotilganda dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam boʼlgan holatlada qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilangan tartibda yillik foizlar hisoblanadi;
davlat aktivini sotib olish boʼyicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar oʼtkazilmagan deb eʼtirof etiladi;
talabgor davlat aktivini sotib olish toʼlovini bir oydan ko‘p muddatlarda (ko‘pi bilan 36 oy) amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi;
savdo yakunlari boʼyicha savdo g‘olibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgandan keyin belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun toʼlangan zakalat puli davlat aktivi xarid toʼlovining bir qismi sifatida qabul qilinadi;
davlat aktivi savdolari yakunlari boʼyicha g‘olib tomonidan to‘lanadigan xarid qiymatiga chegirma qo‘llanilmaydi;
savdolar yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzish rad etilsa yoki undan voz kechilsa, u tomonidan to‘langan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi;
Davlat tender komissiyasi yoki Ishchi organ o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni to‘xtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qo‘shimcha va/yoki aniqlashtiruvchi maʼlumotlar soʼrashi mumkin.
Zakalat pulini to‘lash uchun “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisob raqami:
Milliy valyutada: so‘mda
Qabul qilib oluvchi: “E-auksion” elektron savdo platformasi;
Oluvchining hisob raqami: 20210000000792302012;
Oluvchining banki: АT “Аloqabank” Аmaliyot boshqarmasi;
STIR: 305004780;
Oluvchining bank kodi: 00401.
To‘lovchi tomonidan toʼlov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” qismida: davlat aktivining nomi koʼrsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.
Chet el valyutasida: АQSh dollarida
Qabul qilib oluvchi: “E-auksion” elektron savdo platformasi;
h/r: 20210840800792302005 (AQSh dollari);
SWIFT: JSCLUZ22;
To‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” qismida: davlat aktivining nomi ko‘rsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.
Ishchi organ – Davaktiv agentligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar: Davaktiv agentligining manzili:100000, Toshket shahri, Amir Temur ko‘chasi, 6-uy.
Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefon raqamlar: (+99871) 259-21-78, 259-21-46.
Veb-sayt: www.davaktiv.uz.
Hurmatli tadbirkorlar!
Savdo jarayoni bo‘yicha taklif va e‘tirozlar yuzaga kelganda, Davaktiv agentligining (+99871) 259-21-46 va 259-21-78 yoki qisqa 1082 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
Eʼlonga 1-ilova
Yuridik shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)
Eʼlonga 1 a-ilova
Jismoniy shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)
Tartibning 2-ilovasi
Yuridik shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)
Tartibning 2a-ilovasi
Jismoniy shaxslar uchun ariza shakli (YUKLAB OLISH)
Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalari va filiallaridagi davlat ulushi
t/r |
Davlat aktivining nomi* |
Joylashgan hududi |
Davlat ulushi (%) |
Lot raqami |
I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari | ||||
1. |
“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” АJ |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri |
80,2 |
2544323 |
2. |
“Qo'ng'irot un zavodi” АJ |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘g‘irot tumani |
95,6 |
2544325 |
3. |
“Asaka don mahsulotlari” АJ |
Andijon viloyati, Аsaka tumani |
65,8 |
2544328 |
4. |
“Andijondonmahsulot” АJ |
Аndijon viloyati, Аndijon shahri |
51,0 |
2544324 |
5. |
“Kogondonmahsulotlari” АJ |
Buxoro viloyati, Kogon shahri |
93,0 |
2544339 |
6. |
“Do‘stlikdonmahsulot” АJ |
Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani |
90,2 |
2544327 |
7. |
“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJ |
Qashaqadaryo viloyati, Koson shahri |
64,8 |
2544321 |
8. |
“Qiziltepa un zavodi” AJ |
Navoiy viloyati, Qiziltepa shahri |
93,5 |
2544326 |
9. |
“Popdonmahsulotlari” АJ |
Namangan viloyati, Pop shahri |
92,8 |
2544322 |
10. |
“Samarqanddonmahsulotlari” АJ |
Samarqand viloyati, Samarqand shahri |
72,3 |
2544337 |
11. |
“Oqtosh Don” АJ |
Samarqand viloyati, Narpay tumani |
57,4 |
2544336 |
12. |
“Juma elevatori” АJ |
Samarqand viloyati, Juma shahri |
63,8 |
2544338 |
13. |
“Xovos don mahsulotlari” АJ |
Sirdaryo viloyati, Xovos tumani |
94,2 |
2544340 |
14. |
“Surxondaryodonmahsulotlari” АJ |
Surxodaryo viloyati, Termiz shahri |
88,5 |
2544329 |
15. |
“Toshkentdonmahsulotlari” АJ |
Toshkent shahri, Yashnabod tumani |
51,0 |
2544334 |
16. |
“Ohangaron don” АJ |
Toshkent viloyati, Ohangaron shahri |
56,8 |
2544330 |
17. |
“Farg‘onadonmahsulotlari” АJ |
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri |
51,0 |
2544332 |
18. |
“Qo‘qon don mahsulotlari” АJ |
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri |
64,3 |
2544333 |
19. |
“Shovot don mahsulotlari” АJ |
Xorazm viloyati, Xorazm shahri |
51,0 |
2544331 |
20. |
“Xorazmdonmahsulotlari” АJ |
Xorazm viloyati, Urganch tumani |
92,2 |
2544335 |
II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari | ||||
21. |
"Qo'ng'irot un zavodi" AJning "Qanliko‘l gurish" filiali |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qanliko‘l tumani |
|
2544391 |
22. |
“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning "Muborak don" filiali |
Qashdaryo viloyati, Muborak tumani |
|
2544397 |
23. |
“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MChJning "Guzor un" filiali |
Qashdaryo viloyati, Guzor tumani |
|
2544392 |
24. |
“Popdonmahsulotlari” АJning “Chust” filiali |
Namangan viloyati, Chust tumani, |
|
2544396 |
25. |
“Samarqanddonmahsulotlari” АJning "Nurobod don" filiali |
Samarqand viloyati, Nurobod tumani |
|
2544399 |
26. |
“Oqtosh Don” АJning "Kattakurgon don" filiali |
Samarqand viloyati, Kattaqurg‘on shahri |
|
2544400 |
27. |
“Surxondaryodonmahsulotlari” АJning "Alpomish un tegirmon" filiali |
Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani |
|
2544394 |
28. |
“Ohangaron don” АJning "Bekobod" filiali |
Toshkent viloyati, Bekobod shahri |
|
2544393 |
29. |
“Farg‘onadonmahsulotlari” АJning "Marg‘ilon don" filiali |
Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri |
|
2544398 |
30. |
“Qo‘qon don mahsulotlari” АJning "Qo‘qon don" filiali |
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri |
|
2544395 |