Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Sentyabr 2023

“O‘zenergoinjiniring” AJdagi 87,7 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish to‘g‘risida eʼlon

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda - Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq “O‘zenergoinjiniring” AJning ustav kapitalidagi 87,7 foiz davlat aksiyalar paketini (keyingi o‘rinlarda ­- Aktiv) xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda – Konsultant) jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun so'rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini 2023-yil 30-sentabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlarini so'raymiz.

Agar, birgalikda qo'shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik - konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas'ul bo'lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko'rastilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari so'raladi (kodlangan holda):

Tal'at Yuldashevich Samandarov - Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish departamenti boshlig'ining o'rinbosari;

Telefon: +998-71-259-20-67;

E-mail: tender@davaktiv.uz

Konsultantlarning vakillari bilan Bitim bo'yicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa, Aktivda qo'shimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi ma'lum qilinadi.

Diskleymer

Mazkur soʼrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʼra, takliflar uchun ushbu soʼrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʼliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsulьtantdan xususiylashtirish boʼyicha kutilishi mumkin boʼlgan ishlar hajmi toʼgʼrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʼljallangan.

Tanlov ishtirokchilari tanlov jarayoni bilan bogʻliq holda Buyurtmachi uchun dastlabki taqdimotlar va takliflarni tayyorlashning yagona cheklangan maqsadidan tashqari, hech narsaga tayanolmaydilar va ishonmasliklari shart.

“O‘zenergoinjiniring” AJni xususiylashtirish bo‘yicha konsultantni jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʼrovnoma (RfP)

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son qaroriga muvofiq, “O‘zenergoinjiniring” AJning 87,7 foiz ulushi (keyingi o‘rinlarda – Bitim) sotilishi belgilangan.

Sotish jarayonlari “O‘zenergoinjiniring” AJning tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari doirasida eng maqbul xorijiy tajriba asosida tashkil etilishi lozim. Buyurtmachi toʼgʼri qaror qabul qilishi uchun Аktivni mustaqil baholash ishlarini amalga oshiradi.

Ushbu taklif taqdim etish uchun soʼrovnoma (keyingi o'rinlarda ­- So'rovnoma) Konsultantga qo'yiladigan talablarni va uning baholanishi kerak bo'lgan taklifining tuzilishini, shuningdek, ushbu So'rovnomaning ilovasida Bitimni qo'llab-quvvatlash bo'yicha zarur ish hajmini tavsiflaydi. Konsultantlar konsortsiumga kirishlari yoki xizmatlarning to'liq spektrini taqdim etish bo'yicha qo'shma takliflar kiritishlari mumkin.

Аktiv toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot

“O‘zenergoinjiniring” AJ - O‘zbekiston Respublikasida qishloq joylarda, shaharlarda va tuman markazlarida joylashgan barcha isteʼmolchilarni, shu jumladan, kichik va oʻrta korxonalar, suv xoʻjaligi obʼyektlari va kommunal xoʻjalik majmualari uchun elektr taʼminoti va elektrlashtirish obʼyektlarini loyihalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotdir.

Ustav fondi: 13,2 mlrd.so‘m;

Korxonaning yuridik manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani M. Ashrafiy ko'chasi, 9-uy.

Veb sahifasi: www.uzenergoeng.uz

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʼyiladigan talablar

Konsultantning (individual arizachi yoki Konsortsium) taklifi rus/ingliz tilida tayyorlanishi va quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak:

a) Аktivni xususiylashtirish jarayonini tashkillashtirish boʼyicha konsulьtantning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʼlamini oʼz ichiga olgan rejasi. Konsultantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, xususiylashtirish jarayonning davomiyligi boʼyicha xulosasi (10 ballgacha);

b) Tijorat taklifi ikki qismdan iborat (50 ballgacha):

  • Xizmat haqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) boʼlishi va konsultantning subyektiv taxminlaridan holi bo‘lishi lozim;
  • Taklif etilgan haq miqdori ishlab chiqilgan savdo strategiyasiga bog‘liq va Buyurtmachi taklifning muvaffaqiyati uchun (“success fee”) mutanosib haq to‘lashni taʼminlaydigan takliflarga ustunlik beradi;

Аgar xizmat haqi narxlar oralig‘ida berilgan bo‘lsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qo‘shimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak;

d) Shu toifadagi aktivlar doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan konsultantlarning ish tajribasi to'g'risidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2017 yil 1 yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar to'g'risida maʼlumot (20 ballgacha);

e) Loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, Bitimni amalga oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish bo'yicha taklif. Taklif etilgan Bitimga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish bo'yicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish bo'yicha malakasi (20 ballgacha);

f) Qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi to'g'risida yozma ariza;

g) Manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi haqida maʼlumot. Maslahatchi ushbu savdoga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin bo'lgan hollarda potentsial bitim bo'yicha salohiyatga ega ekanligini ko'rsatish.

Xususiylashtirish boʼyicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajmi

I. Elektr taʼminoti va elektrlashtirish obyektlarini loyihalash xizmatlari bozorini tahlil qilish:

  • O'zbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va bozor tahlili, soha korxonalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar;
  • boshqa (jumladan, qo'shni) davlatlarda mazkur sohada amalga oshirilgan xususiylashtirish tajribasi tahlili, ushbu turdagi aktivning xususiylashtirishdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sabablari, kelgusida sohani rivojlantirish va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni taʼminlovchi omillar;
  • Аmalga oshirilgan tahlillar asosida aktivning xususiylashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkillashtish uchun lozim bo'lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

II. Aktivni sotishdan oldin tayyorlash bo'yicha maslahatlar:

  • Aktivning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilg'or amaliyotlar va o'xshash (analog) aktivlarning tahlili asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha takliflar;
  • Aktivning har tomonlama (soliq , huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini o'tkazish (due diligence);
  • optimal marketing strategiyasi bo'yicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati bo'yicha xat va boshqalar) va investorlar o'rtasida axborot materiallarini tarqatish;
  • marketing materiallarini tayyorlash, shu jumladan investitsiya videolari, tarqatma materiallar va boshqalar;
  • jamoatchilik bilan aloqa o'rnatish bo'yicha tavsiyalar taqdimoti, ularning savollariga javoblar;
  • baholash uslubini to'g'ri tanlash va ularning investorlar uchun dolzarbligini belgilash, narx diapazoni bo'yicha tavsiyarni taqdim etish;
  • investor nuqtai nazaridan baholashga ta'sir etuvchi asosiy omillar, asosiy ko'rsatkichlar va tahminlarni aniqlash;
  • loyiha doirasida boshqa malakali konsultantlarni jalb etish (zarur bo'lgan hollarda) va ularning ishini muvofiqlashtirish.

III. Bitim jarayoniga hamrohlik qilish:

  • Aktivni xususiylashtirishga qaratilgan barcha choralarni ko'rish, virtual ma'lumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish;
  • salohiyatli talabgorlar bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, shu jumladan, ularning savollariga javoblar berish;
  • barcha zarur hujjatlarni, jumladan, oldi-sotdi shartnoma loyihasini (o'zbek tiliga tarjimasi bilan, kerak bo'lsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish;
  • Bitimni e'lon qilish va yopishni tashkillashtirish.

 

(1) Agar ariza konsorsium tomonidan taqdim etilgan taqdirda, konsorsium bo'yicha kelishuvni taqdim etish, shuningdek, muvofiqlashtiruvchi asosiy maslahatchi (odatda konsorsium rahbari deb ataldi) ko'rsatish lozim. Ushbu holatda xizmatlarning umumiy qiymati ko'rsatilishi kerak.

(2) Agar konsultantlarning takliflari Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʼyiladigan talablarning "a","d" va "e" bandlarida ko'rsatilgan talablardan kelib chiqib 30 balldan kam baholansa, "b" bandida nazarda tutilgan baholash balli qo'llanilmaydi.

2066 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech