Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Sentyabr 2023

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ustav kapitalidagi 35 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha konsultant tanlab olindi

Davaktiv agentligining “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ ustav kapitalidagi 35 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda -­ Aktiv) xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda – Konsultant) jalb etish yuzasidan tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida 7 ta mahalliy va xalqaro professional konsalting kompaniyalardan takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida, faoliyat sohasida amalga oshirgan yuqori darajadagi loyihalari, loyiha doirasida jalb qilinadigan professional jamoasining malakasi hamda eng maqbul narx taklifini bildirgan "Alkes Research" kompaniyasi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning ustav kapitalidagi 35 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha professional konsultant sifatida tanlandi.

Konsultant quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Oʻzbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va temir yo'l konteyner tashish va boshqa tegishli xizmatlar bozorini tahlil qilish;
  • Aktivning har tomonlama (soliq, huquqiy, moliyaviy va ekologik) chuqur tahlilini oʻtkazish (due diligence);
  • optimal marketing strategiyasi boʻyicha tavsiyalar, marketing materiallarini tayyorlash (tizer, info-memorandum, jarayon holati boʻyicha xat va boshqalar) va investorlar oʻrtasida axborot materiallarini tarqatish;
  • Aktivni xususiylashtirishga qaratilgan barcha choralarni koʻrish, jumladan, virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ni tashkil etish, oldi-sotdi shartnoma loyihasini (oʻzbek tiliga tarjimasi bilan, kerak boʻlsa rus va ingliz tillarida ham) tayyorlash bilan birga sotish jarayonida hamrohlik qilish.

Davaktiv agentligi "Alkes Research" kompaniyasi bilan birgalikda jarayonni ochiq, shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan savdo mexanizmlariga muvofiq tashkil etishning barcha choralarini koʻradi hamda jarayonning har bir bosqichi toʻgʻrisida ommaga axborot berib borilishini taʼminlaydi.

1427 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech