Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Oktyabr 2022

Bir qator chorvachilik fermalarining savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2022 yil 19 sentyabrdagi e'loniga muvofiq talabgorlardan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron ko‘rinishda takliflar qabul qilingan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 21 oktabr kuni soat 16:00da Davaktiv agentligida ko‘rib chiqish uchun yetarli taklif shakllangan davlat aktivlari bo‘yicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichidagi talabgorlarning elektron ko‘rinishdagi takliflari ochiladi.

Ushbu jarayonga Davlat tender komissiyasi a'zolari, talabgorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi, shuningdek shaxsan qatnasha olmaydigan talabgorlar uchun videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etish imkoniyati yaratiladi (videokonferens aloqa havolasi).

Ishchi organ o‘z hisobotini tayyorlab, Davlat tender komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi va birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha ma'lumotlar Davaktiv agentligi tomonidan belgilangan tartibda e'lon qilinadi.

O‘z navbatida, savdolarning birinchi bosqichida taklif kelib tushmaganligi sababli savdosi o‘tkazilmagan chorvachilik fermalari bo‘yicha “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflarni qabul qilish raqobat muhitini ta'minlash maqsadida 15 kun muddatga uzaytirildi.

Talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati uzaytirilgan chorvachilik fermalari 

Т/r

Obyekt nomi Joylashgan manzili Maydoni Lot raqami
Yer uchastkasi,
ga
Bino va inshootlar,
kv.m
I. Mulkiy majmualar
1. “Navro‘z naslchilik” MChJga qarashli ma'muriy va molxona binolari Surxondaryo viloyati,
Termiz tumani,
“Ayritom” MFY
14,8 16 246,05 3448303
2. Chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan ferma binosi Xorazm viloyati,
Shovot tumani,
“Arbek” MFY
11,8 28 551,14 3448302
II. Davlat ulushi
3. “Sardoba temir yo‘l agrasanoat majmuasi” MChJdagi 100 foiz davlat ulushi Sirdaryo viloyati,
Mirzaobod tuman,
“Navbaxor” MFY
17,70 30 296,34 3448301
1574 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech