Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Mart 2021

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan baholash kompaniyalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalari to‘g‘risida e’lon

Bugungi kunda xususiylashtirish (sotish)ga tayyorlanayotgan “Chorvoq oromgohi”, “Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskanlarini, “Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi, sobiq “Respublika birja markazi” ma’muriy binosi, “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini, “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ, “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ va “Shahar mehmonxonasi” MChJlarning davlat ulushlarini baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb etish bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazildi.

Unda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro nufuzga ega bo‘lgan beshta baholash kompaniyalari ishtirok etdi (KPMG, Deloitte, PricewaterhouseCoopers, Ernst&Young, Grant Thornton).

Tanlov natijalariga ko‘ra, «KPMG Valuation and Consulting» MChJ (5 ta ob’ekt bo‘yicha), «Deloitte» MChJ (3 ta ob’ekt bo‘yicha) va «Grant Thornton Valuation» MChJ (2 ta ob’ekt bo‘yicha) takliflari eng yaxshi deb topildi va tanlov g‘olibi deb e’lon qilindi.

 

2298 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech