Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Noyabr 2022

"Deloitte" kompaniyasi "Uzbekistan airways" AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun konsultant sifatida jalb qilindi

Joriy yil 4 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston Iqtisodiy forumi doirasida "Deloitte" kompaniyasi bilan tijorat shartnomasi imzolandi.

Ma'lumki, tegishli xususiylashtirish dasturiga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan "Uzbekistan airways" AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini jalb qilish yuzasidan tegishli tanlov e'lon qilingan.

Mazkur tanlov jarayonida, 13 ta professional tashkilotlar, jumladan konsorsium shaklidagi takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi. Saralash natijasida, Deloittе xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlov g‘olibi deb topildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jalb etilgan professional konsalting kompaniyasi bilan birga ushbu aktivning raqobat tamoyillariga asoslangan shaffof va muvaffaqiyatli sotilishi uchun barcha choralarni ko‘radi.

2094 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech