Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Sentyabr 2022

“Dori-Darmon” AJni ustаv kаpitаlidаgi dаvlаt ulushining xususiylаshtirish jаrаyoni boshlаngаnligi to‘g‘risidа e’lon

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – “Davaktiv agentligi” yoki “Sotuvchi”) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Dori-Darmon” AJ (keyingi oʻrinlarda – “Kompaniya” yoki “Aktiv”) ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushini xususiylashtrish jarayonining Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlanganligini e'lon qiladi (keyingi o‘rinlarda – “Bitim”).

Portfolio Investments kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Maslahatchi) ushbu Bitim boʻyicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha yetakchi maslahatchisi hisoblanadi.

Kompaniya toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot:

“Dori-Darmon” AJ - ulgurji va chakana farmatsevtika korxonasi bo‘lib, 90 yil davomida respublika aholisi va tibbiyot muassasalarini keng assortimentdagi yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlab, O‘zbekiston bozorida yetakchi o‘rinni ishonchli tarzda saqlab kelmoqda.

  • Jamiyat tarkibiga 8 ta aksiyadorlik jamiyati, 12 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat, 17 ta omborxona va 15 ta nazorat-tahlil laboratoriyasi kiradi.
  • Respublika hududida 2 280 dan ortiq davlat dorixonalari faoliyat yuritadi.
  • “Dori-Darmon” AJ 130 dan ortiq yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

     Аsosiy moliyaviy koʼrsatgichlar:

  • Ustav fondi: 86,3 mlrd.soʼm.
  • Sof tushum (2021 yil yakuni boʼyicha): 402 mlrd. soʼm.
  • Sof foyda (2021 yil yakuni boʼyicha): 32,7 mlrd. soʼm. 

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq boʻlgan raqobat tamoyillariga asoslangan xususiylashtirish mexanizmi orqali amalga oshiriladi.

Ishtirokchilardan quyidagi ma’lumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari soʻraladi:

  1. Ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi);
  2. Ishtirokchining ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/ta’sischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida ma’lumotlar;
  3. Oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha moliyaviy hisoboti (MHXS afzalroq).

Qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi ariza Ishtirokchining xohishiga koʻra rus, oʻzbek yoki ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.

Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini 2022 yil 20 oktyabr soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishlari lozim: azamat.sadikov@piamg.uz, firdavs.khadjaev@piamg.uz, munir.yakubov@piamg.uz.

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • davlat ulushini sotib olish uchun toʻlovga qobiliyatliligi;
  • Xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta’qiqlashi mumkin boʻlgan ma’muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib o‘tilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov ob'ekti/(lar) bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib o‘tilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid bo‘lgan har qanday faoliyatga (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki biron bir sho‘ba korxonasi orqali) jalb etilmagan bo‘lishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari bo‘lmasligi lozim.

Активни сотиб олиш бўйича қизиқиш билдириш (Express of interest) босқичидан мувофаққиятли ўтган талабгорларга хусусийлаштириш жараёнларининг келгуси Мажбуриятга эга бўлмаган таклиф (NBO) қабул қилиш босқичида иштирок этиш учун таклиф қилинади ҳамда уларга ушбу босқич жараёнлари тўғрисидаги хат (Process Letter) юборилади.

Шу билан бирга, хусусийлаштириш жараёнларида келгусидаги ўз иштирокини тасдиқлаш учун, ушбу талабгорлар билан Ахборотларни ошкор этмаслик тўғрисидаги битим (NDA)ни имзолаш таклиф этилади, сўнгра уларга халқаро маслаҳатчи томонидан тайёрланган Компанияни сотиб олиш нархи бўйича индикатив мажбуриятга эга бўлмаган таклифларни тайёрлаш учун зарур бўлган ахборотни ўз ичига олган дастлабки маълумотлар тўплами (Information Memorandum) билан танишиш имконияти берадиган виртуал маълумотлар хонаси (VDR) га кириш имконияти берилади.

Қўшимча маълумотлар учун юқорида келтирилган алоқа каналига мурожаат қилишингиз мумкин.

Diskleymer:

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini o‘zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Ushbu e’lon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo’lgan Davaktiv agentligi, Portfolio Investments va Kompaniyani sotish bilan bog’liq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va Portfolio Investments o‘z xohishiga ko’ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o‘zgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo’yicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Kompaniya va Portfolio Investments tomonidan ko‘zda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potentsial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potentsial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potentsial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

4020 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech