Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Sentyabr 2023

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti loyihasi regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF–27-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan topshiriqlar doirasida Davaktiv agentligi tomonidan baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni ta'minlaydigan O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti va uning metodikalari o‘zbek va rus tilllaridagi yangi tahriri loyihalari ishlab chiqildi hamda normativ-huquqiy hujjatlarni jamoatchilik muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirildi. (ID-85337)

Ushbu loyiha bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqishingiz hamda taklif va tavsiyalaringizni joriy yilning 15-sentabriga qadar “license@davaktiv.uz” elektron pochta manzili orqali taqdim etishingiz mumkin.

O'zbek tilidagi Yagona milliy baholash standarti loyihasini yuklab olish uchun havola

Rus tilidagi Yagona milliy baholash standarti loyihasini yuklab olish uchun havola

1312 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech