Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 May 2021

Хalqaro forum: O'zbekistonda davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish dasturi

O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (UzSAMA) va Jahon banki mahalliy va xalqaro manfaatdor tomonlarni O'zbekistondagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va transformatsiyalash dasturiga bag'ishlangan forumda ishtirok etishga taklif qiladi.

Forum joriy yil 27-may kuni Toshkent shahrida soat 16:00 - 19:00 da bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston vazirlik va idoralari hamda Jahon banki rahbarlari so'zga chiqishadi:

  • Jamshid Qo'chqorov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri.
  • Anna Bjerde, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha mintaqaviy vitse-prezidenti.
  • Akmalxon Ortikov, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori.

Ma'ruzalardan so'ng forum ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari va muhokamaga qo'shilishlari mumkin.

Ushbu forum xalqaro manfaatdor tomonlar, shu jumladan, maslahatchilar va investorlarga O'zbekistondagi davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni va hukumatning mustahkam me'yoriy-huquqiy bazasi, xususiylashtirish uchun jozibali iqtisodiy muhitni yaratish borasidagi sa'y-harakatlari to'g'risida ko'proq ma'lumot olish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

Ishtirokchilar Zoom platformasidagi onlayn forumga qo'shilishlari mumkin. Buning uchun ro'yxatdan o'tishlari kerak bo'ladi.

Koronavirus pandemiyasini inobatga olgan holda uchrashuvda shaxsan ishtirok etish uchun cheklangan miqdordagi shaxslar taklif qilinadi.

Sizni forumda kutib qolamiz!

Forumda onlayn ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o’ting: https://mailchi.mp/eurasianinvestor.com/transformation-privatisation-in-uzbekistan 

623 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech