Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Yanvar 2020

Don korxonalaridagi davlat ulushi boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan Don korxonalaridagi davlat ulushlari boʻyicha savdo jarayonida oʻtkazilgan qoʻshimcha muzokarlar yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

“Samarqanddonmahsulotlari” AJning 72,3 foiz hamda “Xorazmdonmahsulotlari” AJning 92,2 foiz aksiya paketlari boʻyicha ommaviy savdolar qayta tashkil etilishi belgilangan;

“Popdonmahsulotlari” AJning 92,8 foiz aksiyalar paketi boʻyicha eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “ART SOFT HOLDING” MCHJ 58,0 mlrd soʻm xarid qiymatini toʻlash sharti bilan savdo gʻolibi deb topilgan.

Ushbu aktivlar boʻyicha savdolarda ishtirok etgan talabgorlarga individual xabarnomalar yuboriladi.

Oʻz navbatida, savdo gʻolibi kamida 5 yil davomida don korxonalarining asosiy faoliyat turini saqlab qolish, mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish majburiyatini olishi belgilangan.

Maʼlumot uchun: “Art Soft Holding” MCHJ – yirik paxta-toʻqimachilik klasteri boʻlib, Pop, Mingbuloq va Chust tumanlarida klasterlari mavjud. Jamiyatning 30 dan ortiq korxonalarda 10 275 nafar fuqarolar ish bilan taʼminlangan. 2022-yilda qiymati 56.7 mln AQSH dollari boʻlgan maxsulotlar eksport qilingan.

799 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech