Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Dekabr 2022

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari bo‘yicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari bo‘yicha savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichlari yakunlanib, Davlat tender komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

I. Savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Savdo jarayonining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlardan 2022 yil 27 dekabr soat 18-00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, ya'ni sotib olish narxi, to‘lov muddati va to‘lov qobiliyati bo‘yicha takliflar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi.

Ushbu aktivlar bo‘yicha savdo jarayonlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabarnomalar yuboriladi.

II. Savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichida ishtirok etgan talabgorlarning takliflari ko‘rib chiqilib, tegishlicha ular bilan to‘lovga qobiliyati yetarliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etishi va narx taklifini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha muzokara o‘tkazish belgilandi.

Ushbu aktivlar bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichida ishtirok etgan barcha talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabarnomalar yuboriladi.

III. “Oxangaron don” AJning “Bekobod” filiali bo‘yicha eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “Uchko'prik G'alla Klaster” MChJ 25,0 mlrd.so‘m xarid qiymatini to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topildi.

O‘z navbatida, savdo g‘olibi kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish, mavjud don saqlash sig‘imlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq to‘lash evaziga saqlab berish majburiyatini oladi.

IV. Savdolarning birinchi va ikkinchi bosqichida taklif kelib tushmaganligi sababli savdosi o‘tkazilmagan hamda savdo jarayonlarini davom ettirish uchun yetarli takliflar shakllanmagan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari bo‘yicha hududiy hokimliklar bilan faoliyatni muvofiqlashtirgan holda jarayonni davom ettirish belgilab berildi.

Savdo jarayonining 2-bosqichiga o‘tgan don korxonalaridagi davlat ulushi

Т/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (%)

Lot raqami

1.

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

80,2

4009324

2.

“Samarqanddonmahsulotlari” AJ

Samarqand viloyati

72,3

4009325

3.

“Oxangaron don” AJ

Toshkent viloyati

56,8

4009326 

4.

“Xorazmdon mahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati

92,2

 4009327

2305 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech