Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Oktyabr 2022

“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonida qatʼiy narx takliflarini qabul qilish bosqichi to‘g‘risida axborot

Avval xabar berilganidek, "Lotte City Hotel Tashkent Palace" mehmonxonasi (keyingi o'rinlarda - Mehmonxona)ni xususiylashtirish jarayoni doirasida talabgorlardan sotib olish narxi bo‘yicha indikativ majburiyatga ega bo‘lmagan takliflar (NBO2022 yilning 14 oktyabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilindi.

Belgilangan muddatlarda ushbu bosqichda ishtirok etgan 13 nafar talabgordan 9 nafari majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarini (NBO) xususiylashtirish bo‘yicha konsultant KPMG xalqaro kompaniyasiga taqdim etgan.

KPMG tomonidan talabgorlar takliflari savdo jarayonining ushbu bosqichida belgilangan talablarga, shu jumladan to‘lovga qobiliyatlik darajasi o‘rganildi va uning tavsiyasiga asosan 6 nafar talabgorlarni savdo jarayonlarining navbatdagi majburiyatga ega bo‘lgan (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga o‘tkaziladi.

Kelgusida, mazkur talabgorlar xususiylashtirish jarayonlarining keyingi bosqichlarida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda ularga keyingi bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi KPMG tomonidan jarayon xati (Process Letter) yuboriladi. Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlagan talabgorlarga xalqaro maslahatchi tomonidan tayyorlangan Kompaniyaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati bo'yicha mustaqil tahliliy hisobotlar (VDD)larini o‘z ichiga olgan virtual axborot xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati hamda Mehmonxonaga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, KPMG kompaniyasi tomonidan Mehmonxonani sotib olish narxi bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) joriy yil 15 noyabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi va KPMG xalqaro kompaniyasi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirib majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarini qabul qilish (NBO) bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Aktivni sotib olish bo‘yicha ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan kelgusidagi konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

1835 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech