Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Oktyabr 2022

“UzAuto TRAILER” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonida qatʼiy narx takliflarini qabul qilish bosqichi to‘g‘risida axborot

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi)  tomonidan joriy yil 20 avgust kuni chop etilgan e'longa muvofiq, “UzAuto TRAILER” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini raqobatga asoslangan sotuv jarayonining Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlangan.

Avval ma'lum qilganimizdek, “Mosaic Financial” kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – Maslahatchi)  ushbu Bitim bo‘yicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha yetakchi maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Shu bilan birga, mazkur korxonaning bozor qiymatini aniqlash uchun tanlov asosida katta to‘rtlikka (Big 4) kiruvchi “PricewaterhouseCoopers” kompaniyasi mustaqil baholovchi tashkilot sifatida jalb etilgan. 

Kompaniyaning xususiylashtirish jarayonlari doirasida Maslahatchi tomonidan keng qamrovli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan, investisiya tizerlari salohiyatli investorlarga yuborildi. Natijada, 2022 yil 21 sentyabrga qadar O‘zbekiston va boshqa MDH davlatlari va Yevropa mamlakatidan 6 nafar xalqaro va mahalliy investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) to‘g‘risidagi arizalar Maslahatchiga kelib tushgan.

Davaktiv agentligi hamda xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi tomonidan kelib tushgan barcha arizalar quyidagi mezonlar bo‘yicha saralanadi:

  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini ta'qiqlashi mumkin bo‘lgan ma'muriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium a'zolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQShning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi.

Maslahatchi tomonidan kelib tushgan arizalar yuqoridagi mezon talablari asosida chuqur o‘rganildi va barcha talabgorlarning yuqoridagi talablarga muvofiqligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvofaqqiyatli o‘tgan talabgorlarga xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilindi hamda ularga ushbu bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi xat (Process Letter 1) yuborildi.

Xususiylashtirish jarayoninig majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni qabul qilish bosqichida o‘z ishtirokini tasdiqlagan talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolanib, ularga maslahatchi tomonidan tayyorlangan Aktivni sotib olish narxi bo‘yicha indikativ majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan dastlabki ma'lumotlar to‘plami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyati beradigan virtual ma'lumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati berildi.

Joriy yilning 17 oktabrga qadar, “Mosaic Financial” kompaniyasiga “UzAuto TRAILER” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib olish narxi bo‘yicha 6 nafar talabgorlarning majburiyatga ega bo‘lmagan takliflari (NBO) kelib tushgan. Maslahatchi tomonidan talabgorlar takliflari savdo jarayonining ushbu bosqichida belgilangan talablarga, shu jumladan, ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari, to‘lovga qobiliyatlilik darajasi o‘rganildi va uning tavsiyasiga asosan 5 nafar talabgorlar savdo jarayonlarining navbatdagi majburiyatga ega bo‘lgan (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga o‘tkazildi.

Kelgusida, mazkur talabgorlar xususiylashtirish jarayonlarining keyingi bosqichlarida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda ularga keyingi bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi “Mosaic Financial” tomonidan jarayon xati (Process Letter 2) yuboriladi. Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlagan talabgorlarga maslahatchi tomonidan tayyorlangan Kompaniyaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati bo‘yicha mustaqil tahliliy hisobotlarini (VDD) o‘z ichiga olgan virtual axborot xonasiga (VDR) kirish imkoniyati hamda “UzAuto TRAILER” MChJga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, “Mosaic Financial” kompaniyasi tomonidan “UzAuto TRAILER” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib olish narxi bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) joriy yil 25 noyabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi va “Mosaic Financial” kompaniyasi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirib majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarini qabul qilish (NBO) bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Aktivni sotib olish bo‘yicha ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan kelgusidagi konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

1921 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech