Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Oktyabr 2022

Fransiyaning “The Investor” jurnaliga intervyu berildi

Fransiyaning  “Beyond Investments Group” yetakchi konsalting kompaniyasi tomonidan chop etiladigan   "The Investor" xalqaro nashrining tahririyat direktori Leandro Slovinskining O'zbekistonga tashrifi doirasida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortikov tomonidan "The Investor" jurnaliga intervyu berildi.

"The Investor" jurnali rivojlanayotgan bozorlarda biznes va turmush tarzi, jahon biznes rahbarlarining fikrlari hamda global iqtisodiyotning keljagini shakllantirayotgan kompaniyalar, tendensiyalar va jamiyat haqidagi tushunchalarni o'z ichiga oluvchi sarmoyadorlar uchun keng qamrovli qo'llanma.

Qo'llanma o'quvchilarining 76% yuqori lavozimli shaxslar hisoblanib, yiliga 100 dan ortiq sherikchilik tadbirlari o'tkaziladi va 84 ming nusxada chop etiladi. 2018-2022-yillada "The Investor" jurnali Argentina, BAA, Gretsiya, Malayziya, Urugvay, Ukraina kabi davlatlarga bag'ishlangan. Shuningdek, Kompaniya tomonidan 2007-yildan buyon 48 mamlakatda 165 mingdan iborat sarmoyadorlar tarmog'i yaratilgan.

Intervyu doirasida mamlakatda olib borilayotgan xususiylashtirish jarayonlari, davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z olib borildi. Mazkur intervyuning to'liq matni qo'shimcha ravishda chop etiladi.

1829 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech