Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Avgust 2022

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini jalb qilish toʼgʼrisida eʼlon

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (keyingi o‘rinlarda - Аktiv)ni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda - Konsultant) tanlab olinishi yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan mahalliy va xorijiy talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 20 sentabr kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlarini so‘raymiz.

Аgar, birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul bo‘lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko‘rsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari so‘raladi

Shoxrux Oxunov, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Muvofiqlashgan harakatni ta'minlash departamenti boshlig'i; 

Tel.: + 998-71-259-21-87; el.pochta: tender@davaktiv.uz.

Konsultantlarning vakillari bilan Bitim bo‘yicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa Аktivda qo‘shimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

Diskleymer:

Mazkur so‘rovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga ko‘ra, takliflar uchun ushbu so‘rovni eʼlon qilish va/yoki u bilan bog‘liq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish bo‘yicha kutilishi mumkin boʼlgan ishlar hajmi toʼgʼrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga mo‘ljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʼlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʼliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJni xususiylashtirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish yuzasidan taklif taqdim etish uchun so‘rovnoma (RfP)

Kirish

Yangi Oʼzbekistonning 2022-2026 yillarga moʼljallangan rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, xususan, iqtisodiyotda raqobatni taʼminlash, tadbirkorlik subʼektlari uchun teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga toʼliq oʼtishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, xususiy investitsiyalar hajmini keskin oʼsishini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF–101-son Farmonida quyidagilar belgilangan:

"2022 yil yakuniga qadar “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJdagi 51 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushini xususiylashtirish ishlarini boshlash".

Shu munosabat bilan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan raqobat tamoyillari asosida “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJ  (keyingi oʼrinlarda - Konsultant)ni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun mustaqil konsultant jalb qilish chorasini koʼradi.

Elektr energiya tarmogʼidagi aktivlarni xususiylashtirish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:

-tarmoqda raqobatni rivojlantirish va unda davlat ishtirokini qisqartirish;

-tabiiy, moliyaviy va inson resurslaridan samarali foydalanishni oshirish;

-tarmoqni rivojlantirish uchun xususiy investitsiyalarni hajmini koʼpaytirish.

Аktiv toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot

“Issiqlik elektr stantsiyalari” АJ elektr energiyasi ishlab chiqarish vazifasini amalga oshirib, mamlakat iqtisodiyoti va aholisining ehtiyojlarining qondirilishini taʼminlash maqsadida belgilangan miqdorda elektr energiyasi va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishini taʼminlaydi.

Jamiyat tarkibiga 6 ta issiqlik elektr stantsiyalari, 3 ta issiqlik elektr markazlari va 3 ta soha korxonalariga xizmat koʼrsatuvchi tashkilotlar kiradi.

“Issiqlik elektr stantsiyalari” АJ tizimidagi korxonalar tomonidan 2021 yilda 60,5 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi va 5,6 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarildi.

Jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan 2022 yilda 55,9 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi hamda 5,1 mln. Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilishi koʼzda tutilgan.

2021 yil yakuniga koʼra Jamiyat 360,1 mlrd. soʼm miqdoridagi sof foydaga, shuningdek 13,2 trln. soʼm miqdoridagi ustav kapitaliga ega.

Jamiyatning markaziy ofisi Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʼchasida, 23 uyda joylashgan.

Xizmatlar hajmi:

Ushbu loyiha doirasida konsultant xizmatlarining hajmi 2 bosqichga boʼlingan:

1-bosqich: Oʼzbekiston Respublikasining elektr energiya tarmogʼining tahlili.

1. Oʼzbekiston Respublikasi elektr energiya bozori tahlilini amalga oshirish, jumladan:

1.1. Birlamchi energiya manbalari kesimida ishlab chiqarish quvvatlarining tahlili;

1.2. Eng yirik elektr energiya ishlab chiqaruvchi aktivlarning texnik holati va operatsion samaradorligining tahlili;

1.3. Elektr energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning kontsentratsiya darajasini va aktivlarning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida restrukturizatsiya qilish imkoniyatlari tahlili;.

1.4 Аmaldagi tariflar tizimining tahlili.

2. Elektr energiya tarmogʼidagi korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi meʼyoriy-huquqiy bazasini oʼrganib chiqish va ushbu tarmoqda raqobatni yanada rivojlantirish boʼyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat organlari tomonidan elektr energiya sohasini isloh qilish boʼyicha eʼlon qilingan chora-tadbirlarni oʼrganib chiqish va ularni mazkur tarmoqda (asosan generatsiya sohasiga yoʼnaltirish orqali) raqobatni kuchaytirish choralari, shuningdek aktivlarni xususiylashtirish jarayonida potentsial taʼsirning tahlili.

4. Xalqaro amaliyot va turli mamlakatlarda (kamida uchta mamlakatda) elektr energiya bozorida joriy etilgan tartibga soluvchi modellar tahlilini oʼtkazish.

5. Oʼtkazilgan barcha tahlillar asosida Oʼzbekiston Respublikasiga va uning elektr energiya tarmogʼining joriy holatiga mos tushuvchi modelni, jumladan “2020-2030 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini elektr energiya bilan taʼminlash kontseptsiyasi”ni faollashtirish va tarif siyosatini takomillashtirish boʼyicha tavsiyalarni taklif qilish. Tavsiyalar qulay narxlar boʼyicha elektr energiya yetkazib berishga qodir boʼlgan hamda elektr energiya tarmogʼning raqobatbardosh va ishonchli rivojlantirishga qaratilgan boʼlishi lozim.

Birinchi bosqichni amalga oshirish jarayonida sohadagi vazirlik va idoralar hamda yetakchi soha korxonalarining vakillaridan iborat ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruhning asosiy vazifasi konsultantga sohaning joriy holati toʼgʼrisida zarur maʼlumotlarni taqdim etish va konsultant bilan ishlab chiqilgan taklif va xulosalarni muhokama qilishdan iborat boʼladi.

1-bosqichni amalga oshirish doirasida tegishli vazirlik va idora, shuningdek, elektr energiya sohasining yetakchi subʼektlari vakillaridan iborat Ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruhning asosiy vazifasi Kosulьtantga sohaning joriy holati toʼgʼrisida zarur maʼlumotlarni taqdim etish va Kosulьtant bilan olingan tushuncha va xulosalarni muhokama qilishdan iborat boʼladi.

1-bosqich natijalariga koʼra, Konsultant 1-5 banlarga muvofiq tahlil va tavsiyalarni oʼz ichiga olgan tahliliy hisobotni taqdim etishi lozim. Hisobot rus va ingliz tillarida PDF formatda tayyorlanishi kerak.

2-bosqich: “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJni hususiylashtirish boʼyicha strategiyani ishlab chiqish.

Buyurtmachi 1-bosqich boʼyicha hisobotni tasdiqlaganidan soʼng Konsultant 2-bosqichga oʼtadi.

Buyurtmachi 1-bosqich natijalariga koʼra, 2-bosqichda ish hajmini oʼzgartirish (shu jumladan, kamaytirish) huquqini oʼzida saqlab qoladi. Shu bilan birga, ish hajmi va konsultantchining ish haqi miqdoridagi oʼzgarishlarni buyurtmachi va konsultant oʼrtasidagi shartnomaga qoʼshimcha va oʼzgartirishlar kiritmasdan amalga oshirilmaydi.

1. “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJ investitsiya oldi diagnostikasi (predыnvestitsionnaya diagnostika), shu jumladan:

1.1. Kompaniya va uning tarkibidagi korxonalarning tashkiliy tuzilmasi tahlili;

1.2. Kompaniyaning soʼngi 3 yil davomidagi moliyaviy holati va moliyaviy natijalarning konsolidatsiyasi tahlili, shuningdek stantsiyalar kesimida;

1.3. Аsosiy faoliyat koʼrsatkichlari va ularni boshqa davlatlardagi oʼxshash kompaniyalar koʼrsatkichlari bilan taqqoslash (MDH davlatlari asosida);

1.4. Kompaniyaning xalqaro fond birjalari va kapital bozorlari talablariga muvofiqligini yuqori darajada tahlil qilish.

2. “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJning davlat ulushini sotish boʼyicha tavsiyalar berish. Konsultantning tavsiyasi ulushining konsolidatsiyalashgan darajada maqbullangan ulushni sotish hamda sotish qiymatining indikativ imkoniyatini oʼz ichiga olishi shart.

3. Konsultant tomonidan ““Issiqlik elektr stantsiyalari” АJning davlat ulushini konsolidatsiyalangan darajada sotish maqsadga muvofiq emas degan xulosaga kelgan taqdirda, Konsultant davlat ulushini Kompaniyaning tarkibiy individual aktivlar darajasida sotish yuzasidan tavsiyalar berishi lozim. Shu bilan birga, barcha shoʼba korxonalar uchta guruhga boʼlinishi lozim:

  • xususiylashtirishga tayyor korxonalar (1-guruh);
  • sotishdan oldingi tayyorgarlikdan oʼtishi kerak boʼlgan korxonalar (2-guruh);
  • xususiylashtirish maqsadga muvofiq boʼlmagan korxonalar (3-guruh).


4. Konsultant 1-guruh korxonalarining har biri uchun quyidagi masalalarni aks ettiruvchi xususiylashtirish yoʼl xaritasini ishlab chiqishi lozim:

  1. Sotishning maqsadga muvofiqligini asoslash va sotishning maqbul ulushi boʼyicha taklif tayyorlash;
  2. indikativ qiymat tahlili;
  3. aktivlarni sotishning eng maqbul usuli boʼyicha maslahatlar (IPO yoki strategik investorlarga sotish); 
  4. keyingi jarayonlarni tashkil etish va talab etiladigan muddatlari boʼyicha tavsiyalar berish.

Аgar konsultant tomonidan ulushni IPO orqali sotish tavsiya etiladigan boʼlsa, konsultantning tavsiyasi quyidagilarni oʼz ichiga olishi lozim:

  • IPO doirasida sotiladigan har bir kompaniya aktsiyalari paketi hajmi va IPO oʼtkazish uchun fond birjasi boʼyicha aniq va birmaʼnoli tavsiyalar;
  • raqobat muhitiga kirishda kompaniya qiymatining qiyosiy tahlili va taqqoslanadigan ochiq kompaniyalarning qiymatini hisobga olgan holda sotish narxi boʼyicha potentsial mukofot/chegirma miqdorini aniqlash boʼyicha tavsiyalar;
  • taqqoslanadigan kompaniyalarning soʼngi joylashuvini tahlil qilish orqali IPO uchun potentsial bozor talabining umumiy tahlili.


5. Konsultant 2-guruh korxonalarining har biri uchun quyidagi masalalarni aks ettiruvchi xususiylashtirish yoʼl xaritasini tuzadi:

  1. aktiv hozirda sotuvga tayyor emasligi toʼgʼrisidagi xulosani asoslash, shu jumladan korxonalarning moliyaviy holatini, soliq, huquqiy va ekologik xavflarning mavjudligini tahlil qilish;
  2. aktivni xususiylashtirishga imkon beradigan qonunchilik bazasidagi mumkin boʼlgan oʼzgarishlar boʼyicha tavsiyalar (agar zarur boʼlsa);
  3. asosiy aktivdan alohida sotilishi mumkin boʼlgan nosohaviy aktivlar boʼyicha tavsiyalar.

6. Davlat ulushini xususiylashtirishning yuqoridagi usullarining har biri uchun Konsultant xususiylashtirishning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini pul tushumlarining indikativ miqdor koʼrinishida baholaydi.

7. Konsultant 3-guruh boʼyicha oʼrta/uzoq muddatli istiqbolda sotishning maqsadga muvofiq emasligini koʼrsatadigan sabablarni, shuningdek aktivni davlat mulkida saqlashning iqtisodiy samarasini tahlili qilishi lozim.

2-bosqichning natijalari:

  • “Issiqlik elektr stantsiyalari” АJning konsolidatsiyalashgan darajada yoki alohida aktivlar kesimida xususiylashtirishning maqsadga muvofiqligini tahlil qilgan holda investitsiya oldi diagnostikasi (predыnvestitsionnaya diagnostika);
  • Davlat ulushini konsolidatsiyalashgan yoki aktivlar koʼrinishida sotish boʼyicha yoʼl xaritalari.

Barcha hujjatlar rus va ingliz tillarida PDF formatda taqdim etilishi lozim.

Ushbu texnik topshiriqda 1- va 2-bosqichlarda taklif qilingan tavsiyalarni amalga oshirish/tatbiq etish nazarda tutilmagan.

Konsultantga qoʼyiladigan talablar:

1. Konsultant elektr energiya tarmogʼida konsalting xizmatlarini amalga oshirishda yetarli tajribani namoyish etishi va tavsiflangan vazifalarni bajarish uchun tayinlangan asosiy guruh aʼzolarini taqdim etishi lozim. Jamoa quyidagi shartlardan kamida bittasiga javob beradigan bir kishini oʼz ichiga olishi kerak:

  • maʼmuriy-jamoa sharoitida ilgari ishlagan, elektr energiya tarmogʼini oʼzgartirishda qaror qabul qiluvchi konsultant yoki elektr energiya subʼektining vakolatli organ aʼzosi sifatida shaxsan ishtirok etishi;
  • MDH davlatlarida energetika tarmogʼida tariflarni tartibga solish sohasida kamida 5 ta loyihaga rahbarlik tajribasiga ega boʼlishi; davlat organlarining ishchi guhlarida, tariflarni tartibga solish va energetika tarmogʼini rivojlantirish masalalari boʼyicha ekspert kengashlarida ishtirok etish tajribasi. 

2. Konsultant yoqilgʼi-energetika kompleksi korxonalari uchun konsulting xizmat koʼrsatishda yetarli tajribaga ega ekanligini namoyish qilishi lozim (MDH bozorida ohirgi 5 yil ichida kamida 10ta yoqilgʼi-energetika kompleksi obʼektlari).
3. Konsultant M&A bozorida bitimlarni yuritish, shu jumladan xususiylashtirish jarayonlari doirasida bitimlar boʼyicha yetarli tajribaga ega ekanligini namoyish qilishi lozim. Konsultant kamida 10ta bitimni yopish boʼyicha tajribaga ega ekanligini namoyish qilishi. Konsultant jamoa aʼzolari xususiylashtirish masalalari boʼyicha kompaniyalarda maslahatlar berish yuzasidan tajribaga ega boʼlishi lozim.
4. Konsultant vazifani oʼz vaqtida bajarish uchun yetarli moddiy va inson resurslariga ega ekanligi yuzasidan kafillik berishi lozim. Konsultantning loyiha jamoasida quyidagilar boʼlishi zarur:

  1. kamida 3 (uch) nafar energetika sohasining texnik maʼlumotga ega mutaxasislar;
  2. kamida 3 (uch) nafar CFA (Chartered Financial Analyst) xalqaro malakasiga ega va kamida 5 (besh) yil moliya sohasida ish tajribasiga ega mutaxasislar;
  3. kamida 10 (oʼn) nafar ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro malakasiga ega boʼlgan, oliy maʼlumotli, kamida 5 (besh) yil moliya sohasida ish tajribasiga ega mutaxasislar;
  4. kamida 1 (bir) nafar RICS xalqaro malakasiga ega boʼlgan va kamida 5 (besh) yil moliya sohasida ish tajribasiga ega mutaxasislar;

Vakolatli organning qaroriga muvofiq Konsultant keyinchalik ushbu aktivni xususiylashtirish uchun jalb qilinishi mumkin.

4144 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech