Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Mart 2024

1-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 734 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 8,9 mlrd so'm bo'lgan 141 ta lot 20,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 2,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,7 mlrd so‘m
Farg'ona viloyati Uchko'prik tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 378,3 mln so‘m bo‘lgan "Farg‘ona neft bazasi" MChJ balansidagi bo‘sh turgan bino 2,6 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 4 ta
  • boshlang'ich narxi 50 mln so‘m
  • sotilgan narxi 173 mln so‘m
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 30,6 mln so‘m bo‘lgan Viloyat soliq boshqarmasi balansidagi oshxona binosi 91,7 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 38 ta
  • boshlang'ich narxi 421 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 0,7 ga
Jizzax viloyati Do'stlik tumanidan boshlang'ich narxi 9 mln so‘m bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binosi qurish uchun yеr uchastkasi 34,2 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 5,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,2 mlrd so‘m
Toshkent shahri Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 3,5 mlrd so'm bo'lgan guzar bino-inshootlari 7,7 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 51 ta
  • boshlang'ich narxi 19 mln so‘m
  • sotilgan narxi 139 mln so‘m
Buxoro viloyati Jondor tumanidan boshlang'ich narxi 0,8 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 3,3 mln so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 558 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 12,8 trln so'm bo'lgan 123 358 ta lot savdoga qo'yilgan.
697 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech