Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Noyabr 2023

10-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

135 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 8,1 mlrd so'm bo'lgan 156 ta lot 13 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 4 ta
  • Boshlang‘ich narxi 824,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 907,1 mln so‘m
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 175,7 mln so‘m bo‘lgan “Maroqand neft baza” MChJ balansidagi bo‘sh turgan bino-inshoot 193,3 mln so‘mga sotildi.
 
Andijon viloyati Baliqchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 488 mln so‘m bo‘lgan “Andijon agrokimyohimoya” AJ balansidagi “Oxunboboyev” shoxobchasi bino-inshootlari 536,8 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 31 ta
  • Boshlang‘ich narxi 597 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 784,1 mln so‘m

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 40,6 mln so‘m bo‘lgan Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti balansidagi o‘quv binoning bo‘sh turgan qismi 48,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

 
Yer uchastkalari:
  • Soni 42 ta
  • Boshlang'ich narxi 2,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 11,9 ga
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 100,9 mln so‘m bo‘lgan kichik ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko'rsatish obyektlari qurish uchun 79 sotix yеr uchastkasi 110,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 18 ta
  • Boshlang'ich narxi 4,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 640,8 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 26 ta
  • Yer 26,5 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,03 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 3,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 626 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,1 trln so'm bo'lgan 114 829 ta lot savdoga qo'yilgan.
437 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech