Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Mart 2024

11-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 251 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 51,2 mlrd so'm bo'lgan 433 ta lot 73,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 27,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 34,2 mlrd so‘m
Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 11,5 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi bino-inshootlar (sobiq oshxona binosi) 14,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 157 ta
  • boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m
Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 46,6 mln so‘m bo‘lgan Andijon mashinasozlik instituti balansidagi oshxona 167,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 59 ta
  • boshlang'ich narxi 6,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 31,0 ga
Qoraqalpog'iston Respublikasi Qorao'zak tumanidan boshlang'ich narxi 349,3 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 97 sotix yеr uchastkasi 384,2 mln so‘mga sotildi.
 
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 207,6 mln so‘m bo‘lgan suyuq yoqilg'i (benzin, dizel yoqilg'isi, kerosin) quyish shoxobchasi qurish uchun 28 sotix yеr uchastkasi 249,1 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 54 ta
  • boshlang'ich narxi 10,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 13,7 mlrd so‘m
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 63 ta
  • boshlang'ich narxi 22 mln so‘m
  • sotilgan narxi 551 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 395 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,8 trln so'm bo'lgan 124 239 ta lot savdoga qo'yilgan.
434 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech